Terma jamoa murabbiylari o'z hisobotlarini topshirishdi
10 iyu 2014 14:24
Yangiliklar
Terma jamoa murabbiylari o'z hisobotlarini topshirishdi
10 iyun kuni O'FF Terma jamoalar markazida milliy terma jamoa murabbiylari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.
Bugun O'FF Terma jamoalar markazida Murabbiylar kengashining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi. Unda TJM rahbari Asqar Tolibjonov milliy terma jamoalar murrabbiylaridan hisobotlarni qabul qildi. Dastlab, O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov TJM direktoriga o'z hisobotini topshirdi.
Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov may oyida Ummon terma jamoasiga qarshi o'tkazilgan uchrashuvlar haqida va milliy terma jamoaning keyingi ish rejasi haqida malumot berdi. Qosimovga ko'ra, mazkur o'yinlarda asosan 1991 va undan keyingi yillarda tavallud topgan futbolchilar sinovdan o'tkazilgan: Har ikkala o'rtoqlik uchrashuvi uchun jami 30 nafar futbolchini jalb qildik. Ulardan ko'pchiligi milliy terma jamoada ilk bor maydonga tushishdi, deydi Qosimov.
Asosan, 1991 va undan keyingi yillarda tavallud topgan futbolchilarga qaratdik, boisi sentyabr oyida Incheonda bo'lib o'tadigan Osiyo O'yinlariga qadar terma o'zagini aniqlab olish lozim. Ummonga qarshi o'yinlarda yosh futbolchilarning harakatlaridan qoniqdim, ammo murabbiy sifatida natijadan qoniqmadim, - deya qo'shimcha qildi Qosimov.
SHundan so'ng O'zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi SHuhrat Maqsudov terma jamoaning may oyidagi yig'in yakunlari va iyun oyi so'ngida Xitoyda tashkil etiladigan yig'in haqida to'xtalib o'tdi.
5-7 may kunlari Toshkentda qisqa muddatli yig'in o'tkazdik. Mazkur yig'in davomida jami 25 nafar futbolchini ko'rikdan o'tkazdik va yig'inning so'nggi kunida ikkiga bo'lingan holda o'zaro nazorat uchrashuvini o'tkazdik. Yig'in paytida milliy chempionatimiz o'yinlari davom etayotgani bois, klublar bilan nazorat uchrashuvlarini o'tkazishning imkoni bo'lmadi, - deydi Maqsudov.
17 iyun kuni Toshkentda yig'ilamiz va bir kunlik mashg'ulotlardan so'ng 18 iyun kuni Xitoyga jo'nab ketamiz. Mazkur yig'in davomida 21 va 24 iyun kunlari Xitoy U-22 terma jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazamiz. Ushbu o'rtoqlik uchrashuvlarida yig'inga jalb etiladigan 23 nafar futbolchining ayni damdagi funkcional holati va tayyorgarligini ko'zdan kechirishga imkon bo'ladi, - deya qo'shimcha qildi Maqsudov.
O'FF Terma jamoalar markazi direktori Asqar Tolibjonov O'zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasining keyingi ish rejasi qattiq nazorat ostida o'tishini va keyingi yig'inlarga imkoni boricha ko'proq futbolchilarni jalb etish maqsadga muvofiq bo'lishini takidladi. SHuningdek, TJM direktori sentyabr oyigacha O'zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasining o'zagini aniqlab olish lozimligini qo'shimcha qildi. Boisi, ushbu terma jamoa kelasi yilning mart oyida o'tkazilishi rejalashtirilayotgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo CHempionati saralashida muvaffaqiyatli ishtirok etishi va final bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritishi lozim
SHundan so'ng Temur Olimxo'jaev boshchiligidagi O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi murabbiylar shtabi terma jamoaning Kaspiy Kubogidagi ishtiroki va navbatdagi oy uchun ish rejalari haqida o'z hisobotlarini topshirishdi. Murabbiylar shtabi, Kaspiy Kubogi musobaqasida terma jamoaga nomzod bir qator yangi futbolchilar ko'rikdan o'tkazilgani va navbatdagi yig'inlar uchun 11 futbolchidan iborat asosiy tarkib aniqlanganini takidlab o'tishdi.
O'FF terma jamoalar markazi direktori Asqar Tolibjonov O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasining Kaspiy Kubogi turniridagi ishtirokini va so'nggi yig'indagi natijalarini qoniqarsiz deb topdi. TJM direktori O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi murabbiylar shtabiga yaqin ikki kun ichida yangi ish rejasini taqdim etish vazifasini yukladi.
Takidlash joiz, TJM direktori Asqar Tolibjonov O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasining so'nggi yig'inlardagi natijalarini qattiq tanqid ostiga oldi. TJM direktoriga ko'ra, terma jamoaning navbatdagi yig'inlari uchun yangi futbolchilarni ko'zdan kechirish lozim. Sentyabr oyida o'smirlar o'rtasidagi Osiyo CHempionati final bosqichi o'yinlari o'tkaziladi. Biz ushbu turnirda amaldagi Osiyo chempionlari sifatida ishtirok etamiz va bu omil bizga katta masuliyat yuklaydi. SHu boisdan, Osiyo chempionati o'yinlari startigacha tayyorgarlikni puxta reja asosida olib borish lozim. Terma jamoaning so'nggi yig'inlaridan O'FF rahbariyati va terma jamoalar markazining ko'ngli to'lmadi. O'zbekiston o'smirlaridan umidimiz katta. Biz bu yosh toifasida Osiyoda o'z o'rnimizga egamiz va boshlanajak Osiyo CHempionatida kuchli to'rtlikka kirish vazifasini uddalashimiz zarur, - deydi Asqar Tolibjonov.

Fikrlar