Terma safida 109 ta gol urgan Ali Dai: "Ronaldu mening rekordimni yangilaydi"
12 sen 2019 19:50
Yangiliklar


Terma safida 109 ta gol urgan Ali Dai: "Ronaldu mening rekordimni yangilaydi"
Eron terma jamoasining sobiq hujumchisi, terma jamoa uchun eng ko'p gol urish bo'yicha jahon rekordini o'rnatgan (109) Ali Dai, Portugaliya termasi forvardi Krishtianu Ronaldu uning mazkur natijasini yaxshilashiga ishonchi komil.
"Yuventus" hujumchisi Litvaga qarshi o'yinda pokerga erishib, gollari sonini 93 taga etkazib qo'ygandi.
"Ha, o'ylashimcha Ronaldu mening rekordimni yangilaydi. U juda maqtovga sazovor o'yinchi va shubhasiz ushbu hodisa sodir bo'lishiga ishonaman. Futbolda bir kun kelib rekordlar yangilanadi. Eng muhim narsalardan biri, hozir buyuk futbolchi haqida gapirmoqdamiz. Biz u bilan jahon chempionatida ikki marta to'qnash kelganmiz. Unga shunday yaxshi formada o'ynashni va gollar urishini tilab qolaman", - deydi Dai.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar