So’nggi yangiliklar

00:36Акмал Рустамов: "Йигитларнинг барчасига раҳмат айтаман, улар бор кучи билан ҳаракат қилишмоқда"  0 00:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 00:10Мирко Йеличич: "Биз 60 дақиқа яхши ўйнадик"  0 23:55Суперлига. Алибоев супергол урган баҳсда "Нефтчи" "Қизилқум" билан дуранг ўйнади, "Навбаҳор" эса "Машъал"ни йирик ҳисобда енгди  0 23:51Клублар ўртасидаги ЖЧнинг биринчи чорак финалчиси маълум!  0 23:38Виталий Левченко: "Агар реализация яхшироқ бўлганида, ўйин натижасини ҳал қилиб бўлган бўлар эдик"  13 23:23Сергей Лушчан: "Мавсум аввалида бизда аниқ бир мақсад йўқ эди, ҳозир эса... Футболчимизда хориждан таклиф бор"  5 22:50Уильямсни сотиб олса ҳам "Барселона" Рэшфордни трансфер қилишга уриниб кўради  5 22:31Фарҳод Нишонов: "Бир нечта футболчиларимизда Суперлигадан клубларидан таклифлар бор"  0 22:13Асрор Алиқулов: "Чарчоқ ёки иссиқ ҳаво деган гаплар қуруқ баҳона. Ҳар бир учрашув ҳам ўхшайвермайди"  3 21:57Суперлига. "Қизилқум" сўнгги дақиқаларда гол уриб, "Нефтчи"ни ғалабадан маҳрум қилди  69 21:21ПроЛига. "Олимпик Мобиуз" "Олимпик" дарвозасига жавобсиз 4та гол урди ва пешқадамликни қўлига олди  1 20:55Суперлига. "Навбаҳор" ўз майдонида "Машъал"га жавобсиз 6 та тўп йўллади, Ғуломовда дубль, Жияновда 3 та ассист!  67 20:16Тер Штеген "Барселона"да қолмоқчи  0 19:58Бобир Абдихолиқов "Келажак бунёдкори" медали билан мукофотланди  8

Terma jamoamizda vitaminizaciya hozir qanday? Abror Pirriev javob berdi Yangiliklar

Terma jamoamizda vitaminizaciya hozir qanday? Abror Pirriev javob berdi

O'zbekiston milliy terma jamoasi kecha "Tibet" oromgohida o'quv-mashg'ulot yig'inini yakunlab Toshkentga qaytib keldi.

Poytaxtimizda davom ettirilgan mashg'ulotlar oldidan terma jamoa bosh shifokori Abror Pirrievning fikrlari bilan qiziqdik.

- Terma jamoamiz "Tibet" oromgohida tabiat qo'ynida o'quv-mashg'ulot yig'inining dastlabki qismini olib bordi. Kimdir Evropa, yana kimdirlar Osiyo jamoalaridan kelib qo'shildi. Futbolchilarning ayni paytdagi holati qanday?

- To'g'ri aytdingiz. Etibor bergan bo'lsangiz kengaytirilgan ro'yxatda juda ko'p futbolchilar bor edi. Toshkentda birinchi kuni yig'ilganimizda hali ko'p futbolchilar etib kelmagandi. Oston O'runov, Husniddin G'ofurov, Murod Holmuhammedov jarohati tufayli yig'inga qo'shila olishmadi. "Tibet" oromgohida o'tgan yig'inda barcha sog'-salomat edi. Aytganingizdek futbolchilar turli joydan kelgani bois hammasiga ham bir xil yuklama berilmaydi. Masalan Eldor SHomurodov bugun uchib kelgani bois individual shug'ullanadi. Kim qanday sharoitda kelganini hisobga olinib alohida yuklamalar beriladi va umumiy guruhga tayyorlanib boriladi. Xudoga shukur bizni xavotirga soladigan, kasallik alomatlari kuzatilgan futbolchilar yo'q. 

- Oston O'runov to'p tepayotgan jamoa shifokori bilan bog'langanib, tibbiy  xulosalarini ham olgansiz...

- Hozir aytilgan uch nafar futbolchida jarohat qanday, yani Oston O'runovning son mushaklarida jarohat bor. Agarda bitta o'rtoqlik o'yini yoki uchrashuv bo'lsagina, biz ularni olib kelib tayyorlashimiz mumkin. Uni davolash uchun qancha vakt kerak bo'ladi, qaysi bahsga tayyor bo'lib ulguradi, maydonga tushgach jarohati yana qaytalab qolmaydimi. SHunday omillarni hisobga olish lozim. Bunday pallada terma jamoaga chaqirilgandan ko'ra, jarohatini davolagani maqul. Ostonni jarohati o'zini to'liq ko'rsatishga, imkoniyatlarini ishga solishga to'sqinlik qilardi. 

- Demak bu futbolchi BAAdagi yig'inda ishtirok etmaydi. CHunki Vadim Abramov o'quv-mashg'ulot yig'inlarida qatnashgan o'yinchilarga ko'proq ishonch bildiradi. O'yinga qadar o'z klubida davolanib kelishi mumkin. Lekin uning holatini murabbiy bilmaydi...

- Albatta shunday. Bosqichma-bosqich tayyorlanib kelgan futbolchilar ko'z oldida bo'ladi. Hech qanday tayyorgarlik ko'rmagan o'yinchini olmaydi-ku. Murabbiy ko'zlagan yuklamalarni olib, zarur holatga kelgan futbolchidan tanlab oladi. 

- Terma jamoa futbolchilari safar oldidan test topshirishadimi? Mazkur jarayon qanday bo'ladi?

- Birinchi yig'ilgan kunimizdayoq test topshirdik. Jamoaga kirib kelayotgan futbolchining kasallangan yoki kasallanmaganligini bilishimiz kerak. Xudoga shukur hech kimda virus chiqmadi. Bilasiz, tog'da havo almashgach kimdirda tomoq og'rig'i yoki allergik holatlar uchrab turadi. U erda shubhalarga o'rin qoldirmaslik uchun qo'shimcha test topshirildi. Endi uchib ketishimizdan oldin ikki bosqichli yana test topshiramiz. Kasallanganlar bo'lsa, imuniteti qanday darajada ekanligini bilib olamiz. Bu hali hammasi emas. Safarga borganimizdan so'ng yana test olinadi. Uchrashuvlar oldidan ham shunday. Yig'inga mos ravishda vitaminizaciya ishlab chiqilgan. Bu uchta bosqichdan iborat. Dastlab "Tibet" oromgohida umumiy, shu bilan birgalikda safar oldidan tanaga tushadigan yuklamalarni mustahkamlovchi vitaminizaciya bosqichi bo'ldi. SHuningdek koronavirusni oldini olish maqsadida, organizmini mazkur kasallikka qarshi vitaminlar bilan to'yintirish bosqichi davom etyapti. BAA yig'inida ikkinchi bosqich boshlanadi. Bilasiz u erda iqlim issiq va nam. Buning natijasida inson organizmidan ko'plab minerallar va vitaminlar ajralib chiqadi. Ularning o'rnini to'ldirish uchun va o'yinlar vaqtida energetik vitaminlar berish bosqichiga o'tiladi.

- Umumiy qilib aytganda bu borada muammo yo'q...

- Vitaminizaciya masalasi Saudiya Arabistonida o'ynashimiz aniq bo'lib ulgurganida ishlab chiqilgan. Nimalar kerakligi taqdim qilingan. Evropadagi etakchi firmalarining mahsulotlarini o'zimizga kerakligini tanlab olganmiz.

Kamoliddin Alimov suhbatlashdi


Kechagi mashg'ulotdan to'liq videoreportajni quyida tomosha qilish mumkin: 



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика