So’nggi yangiliklar

21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  0 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  3 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  5 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  1 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  5 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0 18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  3 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  9 17:43"Динамо" ўртоқлик ўйинида Беларус клубини йирик ҳисобда таслим қилди  3 17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  3 16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  10 16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  2 15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлгани. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  6

Terma jamoada qanday "soqqa qilsa" bo'ladi? Yangiliklar

Terma jamoada qanday "soqqa qilsa" bo'ladi?

21-asrga kelib, futbolga sport turi yoki o'yin sifatida emas, daromadli biznes sifatida qaraydiganlar soni ko'payib ketdi.

Takidlash lozimki, 2 asr oldin inglizlar ko'ngilxushlik uchun ixtiro qilgan futbolda bugun milliardlar aylanyapti. Dunyoning eng taniqli insonlari ham, eng ko'p maosh oladiganlar ham futbolchilar bo'lib turibdi. Xullas, futbol allaqachon katta bir industriya va unda pul juda ko'p.

Eren Derdiyokning bitta goli necha pul turadi? Uning "Paxtakor"dagi bir kunichi?

Ammo, har qancha jozibali, butun dunyoning diqqat markazida bo'lmasin katta pullar aylangani uchun futbolda ham korrupciya chuqur kurtak ortgan. O'zbek futboli ham bundan mustasno emas. Fikrimizga isbot tariqasida so'nggi bir yilda futboldan chetlatilgan, jarimaga tortilgan shaxslar soni 2 qo'limizdagi barmoqlardan oshib ketganini keltiramiz. 

Hech kimga sir emas, muxlislar orasida futbolimizning yuzi hisoblangan terma jamoa ham korrupciyadan xoli emasligi to'g'risida asoslanmagan gap-so'zlar yuradi. Ular 2018 yilgi mundial saralashida Samvel Babayan milliy jamoadan o'z manfaatlari yo'lida foydalangani, Vadim Abramov oxirgi 2 yilda hamkasbining ishini takrorlaganini isbotlashga harakat qilishadi. 

SHu o'rinda savol tug'iladi: milliy jamoadan qora niyatda foydalansa bo'ladimi?

Albatta, bo'ladi! Unday bo'lsa, qanday qilib? 

Diqqat qiling, zamonaviy futbolda "agent" degan tushuncha bor. Mazkur sport turida katta pullar aylanayotganining asosiy sababchilaridan biri aynan shu kimsalar. Ular bir jamoadan 2-siga o'tish jarayonida futbolchilarning huquqlarini himoya qilishadi va bundan mo'maygina daromad olishadi. Xabaringiz bor, futbolda mahalliy futbolchilarga nisbatan legionerlar uchun ko'proq maosh to'lanadi. SHu tufayli futboli qoloq mamlakatlarda faoliyat yurituvchi agentlar o'z mijozlarining legionerga aylanishidan ko'proq manfaatdor bo'lishadi. Futboli qoloq mamlakat vakilining top-jamoalarga o'tishida eng asosiy faktor uning terma jamoada o'ynab-o'ynamagani hisoblanadi. Yani bu futbolchi o'z vatani miqyosida eng yaxshilar qatorida ekani, potenciali yuqoriligiga malum darajada isbot bo'ladi. SHu tufayli agentlarda mijozlarining terma jamoada o'ynashidan ham manfaatdorlik hissi bo'ladi. Va ular imkon qadar mamlakat futbolining yuzi hisoblangan milliy jamoalar ishiga aralashishga urinishadi. Bu yo'lda asosan bosh murabbiydan foydalanishga harakat qilishadi. Yani, X agent Y terma jamoaning murabbiyiga malum miqdorda pul berib, o'ynatish orqali o'z mijozining transfer qiymatini ko'tarib olishi mumkin.

Bundan tashqari, zamonaviy futbolda agent-murabbiylar ham yo'q emas. Ular katta salohiyati bor yosh futbolchilarga terma jamoada o'ynashni taklif qilib, evaziga o'z agentlik kompaniyasining shartnomasiga qo'l qo'yishni talab qilishadi va kelajakdagi transfer bitimlaridan mo'maygina daromad qilishadi.

Ming bor eshitgandan bir marta ko'rgan afzal, deydilar. SHu tufayli bugun matbuot yuzini ko'rgan bir xabarni etiboringizga havola qilamiz.

Ukraina futbolida korrupciya mojaroasi: Zinchenko Evro-2016'da o'ynashi uchun murabbiylarga pul to'langan.

Bugungi kunda "Manchester Siti"da o'ynayotgan Aleksandr Zinchenko ingliz klubiga 2016 yilda "Ufa"dan ko'chib o'tgan edi. O'shanda "Ufa" bosh direktori SHamil Gazizov 20 yoshli futbolchini qimmatroqqa sotish uchun Evropa chempionatida o'ynashi kerakligini tushungan va buning uchun Ukraina terma jamoasi murabbiylariga pul taklif qilgan. Yakunda Zinchenko musobaqada 97 daqiqa o'ynagan. Bu Gazizov uchun 97 ming evroga tushgan. Ammo, u futbolchining transferidan 4 mln evro daromad qilgan. Bu haqda jurnalist Andrey Senkiv xabar tarqatdi.

P.s. Yuqoridagi kabi holatlar o'zbek futbolida ham uchraydimi, bu haqda malumotga ega emasmiz. To'g'ri, Abramov terma jamoa o'yinlarida Sanjar Qodirqulov, Islomjon Qobilov, Mirjahon Mirahmadov va Farrux Ikromov singari "Soccer Career Agency" kompaniyasi mijozlarining xizmatidan noo'rin paytlarda foydalangani bizda ham shubha uyg'otgan. Ammo, qo'limizda murabbiyni ayblash uchun hech qanday asos, fakt bo'lmagani tufayli Vadim Abramovni sutdek oppoq, malaklardek beg'ubor hisoblashga majburmiz. Tez orada bu savollarga murabbiyning o'zi javob bersa kerak...

Faxriddin Ro'ziev

Muallif :
Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика