Terma jamoa. Yangi sardor kim bo'ladi?
05 sen 2021 13:05
Yangiliklar
Terma jamoa. Yangi sardor kim bo'ladi?
Endi uning maydondagi o'rnini to'ldirishdan tashqari, sardorlik bog'ichining yangi sohibini aniqlash kerak. Ahmedovdan keyingi sardor kim bo'ladi? Juda qiziq savol.
Odatda jamoa sardorlari tarkibdagi eng tajribali yoki boshqalarga o'z so'zini o'tkaza oladigan o'yinchilardan tanlanadi. Ular maydonda murabbiyning eng yaqin yordamchisi bo'lish, jamoadoshlarini boshqarish va hakam bilan muloqotga kirishishdan tashqari jamoadagi ichki muhitni belgilab beradigan muhim "figura" hisoblanishadi. SHu tufayli sardorlik bog'ichining yukini barcha ham ko'tara bilmaydi. SHveciyaga olib ketilgan tarkibimizda bu vazifani alo darajada bajara oladigan bir necha futbolchi bor.
1. Tajriba
Gap yoshda bo'lsa, joriy tarkibdagi eng katta futbolchilar "Paxtakor" vakillari hisoblanishadi: Quvvatov — 31, Suyunov va Sayfiev — 30.
Terma jamoada o'tkazilgan yillar masalasida Igor Sergeev va Eldorbek Suyunov barchadan tajribaliroq. Ular bosh jamoamiz libosida 2013 yilning kuzida debyut qilishgan edi (Mirjalol Qosimov davrida). SHuningdek, jarohati tufayli so'nggi yig'inlarni o'tkazib yuborayotgan Egor Krimec ham.
Agar milliy jamoa tarkibida o'tkazilgan o'yinlar soni hisobga olinsa, Igor barchadan tajribaliroq. "Tobol" forvardi hisobida 55 o'yin bor (17 gol).
Agar terma jamoamiz libosida urilgan gollar hisobga olinsa, SHomurodovning oldiga tushadigani yo'q. "Roma" hujumchisining nomiga 49 o'yinda urilgan 22 gol yozilgan.
2. Ishtiyoq
Bu borada Jaloliddin Masharipov etakchi. Uning o'zi "Championat.asia"ga bergan intervyusida sardor bo'lishga tayyorligini yashirib o'tirmadi.
Masharipov bunga qadar 2 bor O'zbekiston terma jamoasini sardor sifatida maydonga boshlab tushishga ulgurgan (2020 yil Eron va Suriyaga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida).
3. Muxlislar tanlovi
Futbol ishqibozlarining fikricha, Haydarovdan keyin 7-raqamga ega chiqqan Otabek SHukurov Ahmedovdan keyin sardorlik bog'ichini ham taqishi kerak.
Malumot uchun, "SHarja" yarim himoyachisi o'z vaqtida O'zbekiston U-16 terma jamoasi sardori sifatida 2012 yilgi Osiyo chempionatida zafar quchgan edi. U keyinchalik milliy jamoamiz futbolchilarini faqat 1 marta "kapitan" sifatida maydonga boshlab chiqqan (2020 yilning oktyabrida BAA bilan o'yin).
4. Obro'-etibor
Bazan sardorlik bog'ichi tarkibdagi eng mashhur futbolchilarga topshiriladi. Bu tomondan qaralsa, SHomurodov sardor bo'lishi kerak. Ammo unutmaslik kerakki, Eldor maydondagi boshqa sheriklariga etiroz bildirish, ko'rsatma berishni ko'p xushlamaydi. U bor etiborini o'z vazifani yaxshiroq bajarishga qaratadiganlar tipidan.
Bugun terma jamoamiz SHveciyaga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi. Bir necha soatdan keyin yangi sardorni bilib olishimiz mumkin. Bu kim bo'ladi? Futbolchilar saylaydimi yoki murabbiy tayinlaydi, farqi yo'q. Muhimi, u O'zbekiston milliy jamoasida avlodlar almashinuvi yakunlangani va yangi era boshlanayotganini bildirib turadi. Umid qilamizki, bu davr oldingilaridan ancha omadli bo'ladi.
Fikrlar