So’nggi yangiliklar

01:45Галлас: "Челси"нинг таркиби ЕЧЛ учун курашадиган даражада эмас"  0 01:21"Лестер"нинг собиқ бош мураббийи вафот этди  0 00:43Элдор Шомуродов "Рома" машғулотларига қайтди  4 00:24"Бордо" янада қуйироққа "жўнатилди"  1 23:59Неймар жароҳатидан тикланиши ҳақида: "Барчасини ташлаб юборгим келади"  0 23:23"Барселона" президентлигига собиқ даъвогар: "Лапорта ёлғон гапирди"  1 22:58Конференциялар лигаси. "Астана" ва "Ордабаси" навбатдаги босқичда!  2 22:19Анчелотти - Роналду ҳақида: "У билан барчаси осон"  1 21:55"Фенербахче" "Фиорентина" футболчисини 10 млн еврога сотиб олмоқчи  1 21:33"Интер"нинг собиқ эгалари Португалия клубини сотиб олмоқчи  0 21:02Арнаутович ҳам Фабрегаснинг шогирдига айланиши мумкин  1 20:40"Челси" Лукаку борасида АПЛ клуби билан келишиб олди  4 20:18"Локомотив" янги футболчиларни таништирди ГАЛЕРЕЯ  0 20:00"Ньюкасл" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 19:38Расман: Килиан Мбаппе Европадаги энг ёш президентга айланди  3

Terma jamoa va futbolchilar Yangiliklar

Terma jamoa va futbolchilar

SHu kunlarda jahon chempionatidan chiqib ketgan terma jamoalarda o'ynagan bazi futbolchilarning xalqaro faoliyatni tugatishgani haqida tez-tez o'qiyapmiz.

Fikrimizni Osiyo misolida davom ettiradigan bo'lsak, Eron termasida o'ynagan Rizo Guchannajod, Sardor Azmun kabi futbolchilar o'z terma jamoalari bilan xayrlashdilar. Azmun hali yosh va u ehtimol keyinroq fikridan qaytib qolishi mumkin. SHuningdek, Yaponiyadan uch futbolchi terma jamoa bilan xayrlashishga qaror qildi: Makoto Xasebe, Keysuke Xonda va Gotoku Sakay.

Biroz o'tib terma jamoadan ketdim degan xabar Saudiya Arabistoni, Avstraliya va Janubiy Koreya futbolchilaridan ham chiqib qolsa ajab emas. SHu o'rinda savol tug'iladi: futbolchilar qaysi sabablarga ko'ra terma jamoa bilan xayrlashishadi?

Birinchidan, yosh bo'yicha. O'z terma jamoasida ancha yil to'p tepgan futbolchi yoshi kattaligi bois o'zidan kichiklarga joy bo'shatishni istaydi va o'z xohishi bilan jamoadan ketadi. Odatda bunday o'yinchilarni ko'pchilik olqishlab kuzatib qo'yadi.

Ikkinchidan, terma jamoada o'yini qovushmasa futbolchi ketish payiga tushib qoladi va buni OAV orqali malum qiladi. Etiborni faqat klub miqyosidagi o'yinlarga qaratishni xohlaydi. Bu toifadagi futbolchilarni ham rahmat aytib kuzatib qo'yishadi.

Uchinchidan, yaxshi o'ynab turgan bo'ladi-yu, lekin bazi muammolar sabab terma jamoadan ketib qoladi. Aytaylik, bosh murabbiy bilan chiqisha olmaslik, federaciya bilan bog'liq tushunmovchilik yoki oilasida yuzaga kelgan muammolar tufayli. Masalan, Sardor Azmun oilasidagi muammolar sabab ketishga qaror qildi.

Xullas, terma jamoadan ketaman desa sabablar ko'p. Kerak paytda vazifa bajarilmaganidan keyin yulduzlar ham ketish payiga tushib qolishlari mumkin. Kim biladi deysiz, balki tez orada Messi, Ronaldu kabi yulduzlar ham terma jamoa bilan xayrlashishlari mumkin.

Buning sababi boisi shundaki, terma jamoa yuki nihoyatda og'ir. Jahonning manaman degan klubidan ham og'ir. Terma jamoa uchun o'ynash nihoyatda katta masuliyat talab etadi. Mashhur futbolchi ehtimol eng kuchli klubda o'ynab keta olmas, shunda boshqa klubga o'tib rizqini terib yuraveradi. Lekin hamma uchun milliy terma jamoa bitta! Agar sen o'ynay olmasang, tanlash uchun boshqa jamoa bo'lmaydi. YO o'ynaysan yoki xayrlashasan. Boshqa yo'l yo'q.

Mana shuning uchun ham terma jamoa futbolkasi zalvorli hisoblanadi. Endi o'zimizning milliy jamoamiz haqida gapiradigan bo'lsak, o'tgan yil jahon chempionatiga chiqishimizga bir qadam qolgandi. Vazifa bajarilmagach, federaciya o'z ishini qildi: bosh murabbiy istefoga chiqarildi. Ammo oxirgi saralashda o'ynagan ayrim futbolchilar haliyam bir qarorga kelgani yo'q. CHunki ularning o'zi hali bilmaydi: terma jamoadagi faoliyatni tugatishdimi yo yo'qmi.

Bilganimiz shuki, o'tgan yil Timur Kapadze futbolchilik faoliyatiga yakun yasadi va buni baralla elon qildi. Keyinroq Geynrix ham buni rasman malum qildi. Endi futbolchi sifatida ularning xizmatidan foydalana olmasligimizni bilamiz. Buyog'i esa yangi keladigan bosh murabbiyning hukmiga haqola. U kimlarni chaqiradi, qaysi yo'nalishda ish olib boradi, shunga ko'ra keyingi rejalar ayon bo'lib boraveradi.

Hozirda ko'pchilik futbolchilar yangi bosh murabbiyni kutishmoqda. CHunki ular ham shunga ko'ra ish yuritmoqchi. Masalan, Server Jeparovdan terma jamoadagi taqdiri haqida so'raganimizda bosh murabbiy kim bo'lishi va shunga qarab bir qarorga kelishini aytgandi. Ehtimol, boshqa o'yinchilar ham shu fikrda bo'lsalar kerak.

Biz hozircha yangi bosh murabbiy kim bo'lishini, u qaysi yo'ldan yurishini bilmaymiz. Tayyor o'yinchilardan foydalanadimi yoki tarkibni yoshartirish ustida ishlaydimi, buni ham bilmaymiz. Lekin biz xohlardikki, bundan keyin bosh jamoamizning o'zagi asosan qishda U-22 Osiyo chempionatida g'olib chiqqan futbolchilar bo'lsa. Axir ular ham ancha katta bo'lib qolishdi.

Janubiy Koreya guruhdan chiqa olmagan bo'lsa-da, oxirgi turda amaldagi jahon chempioni Germaniya yutganiga qaramay, federaciya mavjud tarkibni tarqatib yuborishga qaror qildi. Endi ular Osiyo o'yinlarida qatnashadigan tarkib orqali yangi jamoa yig'ishmoqchi. Agar bu jamoa keyingi yil yanvarda Osiyo Kubogi musobaqasida ishtirok etsa, qarabsizki jahon chempionatining keyingi saralash bosqichida ham shular o'ynaydi.

Bu bilan Janubiy Koreyaning keyingi to'rt yil uchun reja tuzayotgani ko'rinib turibdi. Bizda esa mana shunday reja yo'q hozir. CHunki reja tuzadigan murabbiyning o'zi yo'q. Hali qachon yangi murabbiy tayinlanadi, qachon u ishga kirishadi, qishgacha nimalar qiladi - buni ham bilmaymiz. Mana kechagina Osiyo Kubogi startiga olti oy qoldi degan xabar chop etdik. Vaqt tez o'tayotganidan halizamon bir oy qoldi degan xabar ham chiqadi. Ko'rib turganingizdek, tezroq harakat qilmasak yana boshqalardan ortda qolib ketishimiz mumkin.

Rostini aytsam, menga Janubiy Koreya tanlagan yo'l maqul keldi. Ular yangi tuziladigan tarkib bilan ham Osiyo Kubogida yaxshi ishtirok etishga harakat qilishadi. CHunki Osiyo o'yinlari bu musobaqa oldidan tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi. Undan keyin shu tarkibni pishitib JCH-2022ga tayyorgarlikni boshlashadi.

Xo'sh, biz nima qilamiz? O'FAning bu boradagi rejalari qanday? Milliy terma jamoamizning keyingi tarkibi qanday ko'rinishda bo'ladi? Oldingi saralashda o'ynaganlardan kimlar chaqiriladi-yu, kimlarga eshik yopiladi? Agar buni tezda hal qilmasak, yuqorida aytib o'tganimizdek, bazi futbolchilar terma jamoadan ketgan-ketmaganini bilmasdan ikkilanib yuraverishadi.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика