So’nggi yangiliklar

19:35Ислом бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон Озарбайжонга нақд 13 та гол урди!   0 19:17Суперлиганинг 27-тур учрашувларида ҳакамлик хатолари кузатилдими?  2 18:59Расман: Де Росси А Серия клубида иш бошлади  2 18:32Суарес дисквалификация қилинди  3 18:00"Барселона" Бельгияда мағлуб бўлмагани ҳам аслида бир мўъжиза  4 17:35Исмоил Акинаде: "Бутун эътибортимизни кейинги икки ўйинга қаратамиз ва плей-оффга чиқишга ҳаракат қиламиз"  2 17:04Гвардиола: "Агар яна 1-2 та ғалабага эришсак, умумий босқични кучли саккизликда якунлаймиз"  5 16:35Про лига. "ФарДУ" Нукусда қийин ғалабага эришди  1 16:22"Барселона" мухлислари автобуси ёниб кетди  0 15:46"Ливерпуль" қишда йирик трансферга қўл уради  6 15:13Про лига. 20-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  3 14:56Эшитдик-да! ЎФА қўмитаси "Навбаҳор"дан 3 очко олиб ташлади   24 14:34"Челси" ярим ҳимоячиси яна жароҳат олди  0 14:01Давид Райя — "Арсенал" тарихидаги энг яхши дарвозабон (Opta)  2 13:33ПСЖ Мендеш, Дуэ ва Дембеленинг ҳолати ҳақида маълумот берди  2

Terma jamoa debyutanti Diyor Xolmatov - Terma jamoaga birinchi chaqiruvi, yosh futbolchilarimizdagi hayajon, otasi bergan maslahat va Osiyo kubogidagi rejalari haqida gapirdi Yangiliklar

Terma jamoa debyutanti Diyor Xolmatov - Terma jamoaga birinchi chaqiruvi, yosh futbolchilarimizdagi hayajon, otasi bergan maslahat va Osiyo kubogidagi rejalari haqida gapirdi

Terma jamoamiz safidagi iqtidorli futbolchi - Diyor Xolmatov, Suriya terma jamoasiga qarshi kechadigan uchrashuvdan oldin saytimizga intervyu berdi

- Terma jamoaga birinchi chaqiruvingizdayoq Osiyo kubogidek katta turnirga yo'l oldingiz. Osiyo kubogi uchun yakuniy tarkib elon qilinganidan so'ng birinchi bo'lib nima haqida o'yladingiz? 

- Barcha muxlislarga salom. Osiyo kubogi men uchun oldinga tashlangan yana bir qadam. Faoliyatimda yangi bosqichga qadam qo'ydim. Turnirga tayyorgarlik ko'rishda davom etaman.

- Terma jamoaga ilk chaqiruvingiz haqida qaerdan bildingiz?

- CHaqiruv haqida bilgan vaqtim “Al-Ayn”da edim. “Paxtakor” bilan chempionlar ligasi doirasidagi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rayotgan edik. Yigitlar menga terma jamoaga chaqirilganimni aytishdi va biz juda xursand bo'ldik. 

- Otangiz (Akmal Xolmatov) Osiyo kubogiga borishingizni bilganidan so'ng siz bilan suhbatlashdimi? Balki qandaydir maslahat bergandirlar? 

- Ha, Dadam menga xar doim takrorlagan gaplarini aytdilar. Hech nimadan qo'rqmaslik, tinimsiz mehnat qilish va barchasini isbotlash. O'zimni ko'rsatish uchun imkoniyat o'z qo'limda ekanligini yana bir bor takrorladilar. Dadam men uchun katta namuna futbolda va hayotda ham.

- Sizning poziciyangizda terma jamoa safida juda katta raqobat. Ushbu turnirda Srechko Katanec sizga imkoniyat berishiga ishonasizmi?

- Bosh murabbiy meni jalb etgan bo'lsa demak u menga ishonmoqda. Men o'zim ishimni bajarishda davom etaman va o'z potencialimni isbotlashda davom etaman. So'ngi qarorni esa bosh murabbiy qabul qiladi.

- Otabek SHukurov, Sayfiev va Iskanderov kabi tajribali futbolchilar bunday katta musobaqalarda ko'p marotaba ishtirok etishgan. Ularga ushbu holatlar tanish, ammo siz va terma jamoaga jalb etilgan bir nechta yosh futbolchilarda ushbu jarayon qanday kechmoqda? Birinchi Osiyo kubogi, dastlabki mintaqaviy musobaqa. Hayajon bormi? Bosim qanchalik kuchli ekanligini his etyapsizmi?

- Hayajon bo'ladi albatta, ammo maydonga tushgan vaqtim hayajon yo'qoladi va har kuni qilib yurgan ishimni bajaraman. Maydonda harakat qilayotgan vaqtim o'zimga ishonch oshadi. Menimcha hayajon va bosim har bir insonda bor, hatto Messi va Ronalduda ham. Hayajonni his etish aksincha yaxshi.

- Ertangi uchrashuv haqida nima deya olasiz?

- Ertaga dastlabki o'yinimiz Suriya terma jamoasiga qarshi. Raqibni o'rganib chiqdik, o'zimiz ham tayyormiz. Ertaga muxlislarni xursand qilishni maqsad qilganmiz.

Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика