Teraktlar xavfi tufayli Lukaku Bryusseldagi kvartirasini sotmoqchi
23 noy 2015 13:14
Yangiliklar


Teraktlar xavfi tufayli Lukaku Bryusseldagi kvartirasini sotmoqchi
"Everton"ning belgiyalik hujumchisi Romelu Lukaku teraktlar xavfi tufayli Bryusseldagi kvartirasini sotmoqchi.
"Bryusselda yashayman, hozircha policiya qo'lidan kelganini bajaryapti. Uyim Molenbekda joylashgan. 6 yildan beri bu erda tinch yashayman. Bu tumanda hech qachon muammolarga duch kelmaganman, ammo hozir tezroq ko'chib ketish niyatidaman.
Oilam Bryusselni tark etdi. Ukam ham poytaxtda yashamayapti. Men shunchaki oilam xavfsizlikda bo'lishini istayman" - deydi hujumchi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar