Ter SHtegen: "Mavsum hali yakunlangani yo'q"
11 may 2019 16:46
Yangiliklar
Ter SHtegen: "Mavsum hali yakunlangani yo'q"
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter SHtegen muxlislarni qiyin damda Kataloniya jamoasini qo'llab-quvvatlashga chaqirdi.
"Anchadan beri yozmaganim uchun uzr so'rayman. So'nggi bahsdan so'ng miyamni tozalab olishim kerak edi va hozir ham bu haqida o'ylayapman. Uchrashuvdan so'ng ko'plab xabarlar oldim va qo'llab-quvvatlash uchun hammaga rahmat aytmoqchiman. Mavsum hali yakunlangani yo'q, oldinda kurashishimiz kerak bo'lgan yana bitta sovrin bor. Birgalikda buni uddalay olamiz! Yakshanba kuni mavsumning "Kamp Nou"dagi so'nggi uchrashuvi bo'lib o'tadi va sizlar bilan uchrashuvni sabrsizlik bilan kutyapman. Olg'a, "Barselona" - deb yozdi ter SHtegen "Instagram"dagi sahifasiga.
Fikrlar