Ter SHtegen: “Futbolni yaxshi tushunmayman”
29 mar 2020 09:29
Yangiliklar
Ter SHtegen: “Futbolni yaxshi tushunmayman”
“Barselona” va Germaniya terma jamoasining 27 yoshli posboni Mark-Andre ter SHtegenning aytishicha, u atrofidagi insonlar o'ylagandek, futbolni u qadar chuqur tushunmaskan.
“Men futbol haqida kam bilimga egaman, desam, atrofimdagilar kulishadi. Ko'p o'yinlarni ko'ravermayman. Agar yaxshi o'yinlar bo'lsa yoki yaqin do'stlarim o'sha bahsda ishtirok etsa, bu o'yinlarni ko'rishim mumkin. Bazida ayrim futbolchilar haqida mendan so'rab qolishadi, men esa ochig'i uni kimliginiyam bilmayman. Futbolchilarni ismidan ko'ra, unin maydonda harakatini va darvozaga qanday zarba berishini eslab qolishga urinaman. Menga rafiqam bilan arxitektura haqida suhbatlashish yoqadi”, deyadi Ter SHtegen “El País” nashriga bergan intervyusida.
Joriy mavsumda ter SHtegen “Barselona” safida barcha turnirlarni qo'shib hisoblaganda 34 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 11 ta uchrashuvda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar