Ter SHtegen APL top-klubiga o'tishi mumkin
05 okt 2022 10:13
Yangiliklar


Ter SHtegen APL top-klubiga o'tishi mumkin
"Tottenxem" "Barselona" va Germaniya terma jamoasi darvozaboni Mark-Andre ter SHtegenga qiziqish bildirmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, Angliya klubi kelasi yozda futbolchini sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda. Kataloniyaliklar darvozabonni katta summaga sotishlari mumkin, ammo uning o'rniga futbolchi topilsagina.
30 yoshli ter SHtegen joriy mavsum "Barselona" safida 9 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol o'tkazib yubordi. Uning Kataloniya jamoasi bilan kelishuvi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar