Ten Xag MYU haqida: “Maydonda jamoa bor edi”
23 avg 2022 08:10
Yangiliklar


Ten Xag MYU haqida: “Maydonda jamoa bor edi”
APL 3-turida “Liverpul” ustidan qo'lga kiritilgan g'alabadan keyin “Manchester Yunayted” (2:1) ustozi Erik ten Xag o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
“Taktika haqida gapirish mumkin, ammo eng asosiysi ishga bo'lgan to'g'ri munosabat. Buni ko'rsatdik, futbolchilar bir-biri bilan fikr almashdi, jangovar ruhni ko'rsatishdi. Maydonda jamoa yig'ilgandi.
Ular nimaga erishishlari aniq ko'rindi. Ular qanday qilib qoyilmaqom futbol o'ynash kerakligini bilishadi”, deydi niderlandiyalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritgan “qizil iblislar” turnir jadvalida 3 ochko bilan autsayderlar qatoridan 14-o'ringa ko'tarildi.
O’xshash yangiliklar
04:01
Pep Gvardiola "Tottenxem"ga qarshi o'yindan keyin Husanov haqida juda iliq fikrlar bildirdi 17
03:20
APL. "Liverpul" o'z uyida "Nyukasl"ni mag'lub etdi va jadvaldagi etakchiligini yanada mustahkamladi 12

Fikrlar