Ten Xag: "Markus professionallardek bo'lsagina o'zini ko'rsata oladi"
21 sen 2024 14:08
Yangiliklar
Ten Xag: "Markus professionallardek bo'lsagina o'zini ko'rsata oladi"
Erik ten Xag Markus Reshfordning mahsuldorligidagi o'sish haqida gapirdi.
"Har bir futbolchi noto'g'ri hayot tarzi uning zarariga ishlashini yaxshi biladi. Karrington ortidagi hayoting to'g'ri va tartibli bo'lmasa kerakli darjaga eta olmaysan.
Reshfordga yordam, qo'llab-quvvatlash kerak edi. Ammo baribir u hammasini o'zi qilishi kerak. Markus hayotini izga solishi, mashg'ulotlar, o'yinlarga bo'lgan munosabatini o'zgartirishi lozim. Reshford professionallardek bo'lsagina o'zini ko'rsata oladi, chunki u ajoyib futbolchi.
U omadsizliklar ham bo'lib turishini, ularni o'zgartirish mumkinligini biladi. Markus nazoratni o'z qo'liga oldi, u qaytyapti. Mavsumni juda yaxshi boshladi, endi u o'sishda davom etishi kerak" - dedi "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar