Ten Xag kelasi mavsumda MYU sardori kim bo'lishini aytdi
11 iyu 2022 16:48
Yangiliklar
Ten Xag kelasi mavsumda MYU sardori kim bo'lishini aytdi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag himoyachi Xarri Maguayr jamoa sardori bo'lib qolishini aytdi.
Uning so'zlariga ko'ra, bu borada unda hech qanday shubha yo'q.
"Xarri — sardor. Maguayr — tan olingan sardor. U katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Menda bu borada hech qanday shubha yo'q", — deydi ten Xag.
29 yoshli angliyalik futbolchi o'tgan mavsum manchesterliklar tarkibida barcha musobaqalarda 36ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.
Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar