Ten Xag 4:0 haqida: "G'alabani ortiqcha baholab yubormaymiz. Bu "Liverpul"ning eng kuchli tarkibi emasdi"
13 iyu 2022 00:31
Yangiliklar
Ten Xag 4:0 haqida: "G'alabani ortiqcha baholab yubormaymiz. Bu "Liverpul"ning eng kuchli tarkibi emasdi"
Murabbiyning fikricha, g'alabaga ortiqcha baho berish kerak emas.
"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Erik ten Xag "Liverpul" ustidan qozonilgan 4:0 hisobidagi g'alaba haqida gapirdi.
"Bugun men mamnunman. Jamoa ajoyib o'yin ko'rsatdi. Biz uzun yo'lning boshida ekanligimizni hamma tushunib turibdi. Pressing payti bir necha xatolarga yo'l qo'ydik. Raqibga bir necha imkoniyatlar taqdim qildik. SHu bilan birga o'zimiz ham ko'p vaziyatlar yaratdik.
Jamoda kuchli o'yinchilar borligini bilamiz. Biz jamoani qo'rishni boshladik. Birinchi o'yindan xursandman.
Jamoamiz o'yinida xatolar ko'p. "Liverpul" uch xil tarkib bilan o'ynadi. G'alabani ortiqcha baholab yubormaymiz. Bu "Liverpul"ning eng kuchli tarkibi emasdi", -deydi Erik ten Xag.
Fikrlar