Temurxo'ja Abduxoliqov: "Xorvatiyada futbolga professional yondoshishadi va barcha o'z ishini qiladi"
17 fev 2015 15:29
Yangiliklar

Temurxo'ja Abduxoliqov: "Xorvatiyada futbolga professional yondoshishadi va barcha o'z ishini qiladi"
"Lokomotiv" safiga yangi kelib qo'shilgan hujumchi Temurxo'ja Abduxoliqov bilan qisqacha suhbatlashishga erishdik.
O'tgan yil boshida Xorvatiyaning "Xayduk" jamoasiga yo'l olgan hujumchi Temurxo'ja Abduxoliqov Xorvatiya chempionatida bir mavsum to'p surib qaytdi.
"Lokomotiv" jamoasiga o'tgan Temurxo'ja Abduxoliqovni "temiryo'lchilar"ning taqdimot marosimidan so'ng suhbatga tortdik.
- "Lokomotiv" varianti qaerdan paydo bo'ldi. Sizni klubga kim taklif etdi?
- Xorvatiyadan qaytganimdan so'ng oldimga bir qator varinatlar bor edi. Turkiyaning birinchi liga jamoasidan jiddiy taklif bo'ldi. Uzoq o'ylab ko'rganimdan keyin Turkiyaning birinchi ligasida ishtirok etishni istamadim. SHuningdek, Qozog'iston, Rossiya birinchi liga jamoalari, Vengriya chempionati va Xorvatiya jamoalaridan ham takliflar bo'lgandi. Biroq bu chaqiruvlarni inkor etdim. Sababiki, uzoq jarohatdan so'ng ko'p vaqt davomida o'yin amaliyotisiz qolib ketgandim. SHu bois yana tavakkal qilmaslikka qaror qildim. Kuchli chempionat va kuchli jamoaning zaxira o'rindig'ida o'tirgandan ko'ra, o'zimizda ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishim har taraflama foydaliroq. O'zbekiston chempionatidagi ko'plab klublar ham meni o'z saflariga chorlashdi. Xususan sobiq jamoam "Paxtakor"dan taklif tushdi. Ammo bu jamoa akademiyasidan har yili yangi-yangi yosh istedoli futbolchilar etishib chiqishadi. Hozirda u erda hujumda raqobat kuchli va mahoratli hujumchilar etarlicha. SHuning uchun "sherlar" safini to'ldirishdan ko'ra, "Lokomotiv"da ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishimni bildim. Bu erda moliyaviy tomonning hech qanday aloqasi yo'q. Menga "Lokomotiv" to'layotgan pulni "Paxtakor" ham, yoki bo'lmasa boshqa taklif etgan jamoalar ham to'lab berishlarini aytishdi. Lekin men asosiy urg'uni o'yin amaliyotiga qaratmoqdaman. Asosiy maqsadim tezroq o'z sport formamni tiklab olib, "Lokomotiv"ga xalqaro maydonda va milliy chempionatda ko'maklashishni istayman. Qolaversa, kelajakda terma jamoamiz tarkibidan joy egallab, g'alabalarda o'z hissamni qo'shishni juda ham xohlardim. Meni klubga shaxsan Vadim Karlenovich Abramovning o'zlari chaqirdilar. Bu mutaxassis bilan oldinroq ham olimpiya terma jamoasida birga ishlaganmiz. Yana qaytarib o'taman, "Loko"ga o'tishimga moliyaviy tomonning hech qanday aloqasi yo'q.
- Xorvatiya chempionatida to'p surdingiz. Evropa futboli va O'zbekiston futbolini orasida qanday farqlarni sezdingiz? Umuman taassurotlaringiz?
- Birinchi o'rinda u erda professionalizm juda yuqori takidlab o'tishim darkor. Bolalar futboli, futbol akademiyasi, matbuot bilan ishlash va barcha kichkina detallargacha yuqori etibor qaratiladi. Hech bir narsa etibordan chetda qolmaydi. Har bir odam o'z ishiga professional yondoshadi va o'zini ishini qiladi. Xorvatiya chempionati bizlarni milliy chempionatdan bir kalla ustun. Futboli juda tezkor, jamoalarning jismoniy holati ancha kuchli. O'zimizning futbolchilar texnik jihatdan ulardan qolishmasligi mumkin, biroq futbolchi tez charchab qolishi oqibatida har qanday texnika ham ish bermay qoladi. Xorvatiya chempionati o'yinlari juda qizg'in kurashlarga boy kechadi. Eng zo'r tomoni, u erdan top chempionatlarga yo'l olish bir qadam. CHunki har bir o'yinda sizni ko'plab futbol skautlari kuzatib borishadi. SHuni aytishim mumkinki, bizning futbolchilar potencial jihatdan ulardan qolishmaydi. Xorvatiya chempionati reklamasi zo'r va u erdan ko'plab futbolchilar yanada kuchliroq jamoalarga yo'l olishlari oson kechadi. O'zbekistondan ham yaxshi bir futbolchi yarq etib chiqsa, o'ylaymanki, bizlardagi futbolchilarga ham talab oshib ketadi. Vaqtida xorvatiyalik futbolchilar Stoichkov "Barselona"da, SHuker va mana hozir Luka Modrich "Real"da to'p tepishgan va tepishmoqda. Reklamada ham gap ko'p. Men ham Xorvatiyaga o'zimni ko'rsatish uchun ketgandim. U erda ko'proq pul ishlab topish uchun ketmagandim. Biroq jarohatdan keyin barchasi o'zgarib ketdi. Katta karera va yanada o'z ustimda ishlash uchun Xorvatiya chempionatiga yo'l olgandim. Bundan afsusda emasman. Endi vaqti kelsa borsam bo'lardi, o'zimni sinab ko'rishim kerak edi degan gaplar bo'lmaydi. O'ylaymanki, hammasi yaxshilikka. Endilikda o'z o'yinimni tezroq topib olib, yangi marralarni zabt etishni istayman.
SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.

Fikrlar