So’nggi yangiliklar

02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  13 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  0 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  5 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  7 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  3 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

Temurxo'ja Abduxoliqov: "SHaxtyor"da tanishlarim to'p tepishmoqda" Yangiliklar

Temurxo'ja Abduxoliqov: "SHaxtyor"da tanishlarim to'p tepishmoqda"

Evropa ligasi 3-saralash bosqichida Qarag'andaning SHaxtyor klubi katta ehtimol bilan Splitning Xayduk klubiga to'qnash keladi.
Xorvatiya klubi birinchi o'yinda Irlandiyada Dandolkni 2:0 hisobida taslim qildi.

Ushbu jamoa safida o'zbekistonlik hujumchi Temurxo'ja Abduxoliqov to'p tepmoqda. Qozog'istonning Sports.kz nashri vakili 22 yoshli futbolchi bilan bog'lanib Xorvatiya va Xayduk borasida savollar berdi.

- Tima, Qozog'istonda 90-yillarda Jetisu safida Toxir Abduxoliqov o'ynagan. Bu sizning qarindoshingiz emasmi?

- Toxir Abduxoliqov?!!! (Kuladi). Bu tasodif. Meni Toxir Abduxoliqov degan amakim bor, ammo u hech qachon futbol bilan shug'ullanmagan.

- Qozog'istondagilar Xayduk keyingi bosqichda SHaxtyorga raqiblik qilishini taxmin qilishmoqda. Splitdagilar qanday fikrda?
- Splitda ham uchinchi saralash bosqichida aynan Qarag'andaning SHaxtyor klubi to'qnash keladi deb hisoblashmoqda.

- SHaxtyor haqida nimalar bilasiz? O'tgan mavsumda jamoaning evrokuboklardagi ishtirokini kuzatib bordingizmi?
- Bu klub haqida biroz malumotga egaman. Bu jamoada O'zbekistonda ishlab ketgan Viktor Kumikov faoliyat olib bormoqda. Juda tajribali, kuchli mutaxassis. O'tgan yil jamoa Evropa chempionlar ligasii so'nggi saralash bosqichida biroz omad etishmaganini bilaman. Ushbu klubda tanishlarim ham o'ynashmoqda.

- Siz SHaxtyor o'yinchilari SHavkat Salomov va Kamoliddin Murzoev, sport direktori Ulug'bek Asanbaev, bosh murabbiy Viktor Kumikov bilan tanishmisiz?
- Salomov va Murzoev bilan shaxsan tanishman, Asanbaev va Kumikovni esa shaxsan bo'lmasa ham taniyman, ular haqida ko'p eshitganman.

- Xaydukka o'tib faoliyatingizda oldinga qadam tashladingizmi?

- Albatta, bu men uchun katta plyus bo'ldi.

- O'zbekiston chempionatidan Xorvatiyaning etakchi klublaridan biriga o'tish oson bo'ldimi?
- Yo'q, albatta, - qiyin bo'ldi. Jamoaga kelishdan oldin yaxshi sifatlarimni ko'rsatishim kerak edi. O'zingiz bilasiz legioner mahalliy futbolchilardan bir bosh ustun bo'lishi kerak.

- Siz Xorvatiyada Xayduk safida o'ynayapsiz, yana bir hamyurtingiz Xusniddin G'ofurov Serbiyada Yavor safida faoliyat olib bormoqda. Ikkalangizning agentingiz bittami?
- Yo'q. G'ofurov bilan tanish emasman. Agentimning O'zbekistondagi yagona vakili menman.

- O'tgan mavsumdan keyin Xaydukda qanday o'zgarishlar sodir bo'ldi?

- Agar Xayduk haqida malumot olmoqchi bo'lsangiz, internetda o'tgan yilgi va bu yilgi tarkiblarni solishtirish mumkin. Men sizga klub haqida malumot bera olmayman.


Narzulla Saydullaev tarjimasi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика