So’nggi yangiliklar

09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  0 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  1 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  1 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  2 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  4 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  11 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  1 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  4 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   11

Temurxo'ja Abduxoliqov: “Muborakda katta ishtiyoq evaziga g'alaba qozondik” Yangiliklar

Temurxo'ja Abduxoliqov: “Muborakda katta ishtiyoq evaziga g'alaba qozondik”

Xabaringiz bor, kecha O'zbekiston Superligasining 7-turidan o'rin olgan “Mashal” – “Lokomotiv” uchrashuvida mehmonlar yirik – 4:1 hisobida g'alaba qozondi.

Mazkur uchrashuvda “temiryo'lchilar”ning tajribali hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov dubl qayd etib, g'alabaga katta xissa qo'shdi. SHu munosabat bilan o'yindan keyin u bilan suhbatlashib, bir nechta savollarga javob oldik. 

- Temurxo'ja, avvalo safarda qo'lga kiritilgan yirik hisobdagi g'alaba bilan tabriklaymiz. Aytingchi bu “Mashal” shu kuni kuchsiz o'yin ko'rsatganidan darakmi yoki “Lokomotiv” o'z o'yinini topib oldimi? 

- Tabrik uchun rahmat. “Lokomotiv” jamoasi futbolchilari shu kuni bosh murabbiy tomonidan berilgan ko'rsatmalarni aniq bajardi deb hisoblayman. SHuningdek katta ishtiyoq evaziga safarda muhim g'alabani qo'lga kiritdik. 

- O'yindan avval, hisob yirik ko'rinish olishini kutmagan bo'lsangiz kerak?

- Yo'q, bunday yirik hisobda g'alaba qozonishimizni kutmagandim. CHunki safarda bunday natija kamdan-kam xolatlarda uchraydi. 

- “Mashal” darvozasini ikki bor aniq nishonga olib dublga erishdingiz. Ko'rsatgan o'yiningizdan ko'nglingiz to'ldimi?

- Bundan ham yaxshiroq xarakat qilsam bo'ladi degan o'y xayollar har doim bo'ladi. 

- “Lokomotiv” ushbu g'alabadan keyin turnir jadvalida 4-o'ringa ko'tarildi. 1-o'ringa bo'lgan imkoniyatinglarni qanday ko'ryapsiz?

- Hozircha faqat keyingi o'yinlar haqida o'ylayapman. Bo'lajak uchrashuvlarga yuqori darajada tayyorgarlik ko'rish va g'alaba qozonish muhim. Qolgan jihatlarga etibor qaratmayapman.

- Keyingi turda jamoangiz o'z maydonida “Metallurg”ni qabul qiladi. Yaqinda bekobodliklarda bosh murabbiy almashgach, o'yin uslubida ham o'zgarish kuzatilmoqda. Bo'lajak bahs haqida nima deysiz?

- To'g'risi oldindan bir nima deyish qiyin. “Metallurg”ni o'yinini ko'rish imkoni bo'lmadi hozircha. Har qanday vaziyatda “Lokomotiv” bo'lajak uchrashuvda o'z o'yinini ko'rsatishga xarakat qiladi.   

- Javohir Sidiqov “Mashal” darvozasi tomon belgilangan ikkinchi penaltini aniq amalga oshira olmadi. O'sha vaziyatda masuliyatni o'z zimmangizga olsangiz bo'lmasmidi?

- O'sha vaziyatda Javohir penaltini tepishni istab, to'pni so'raganida rozi bo'lib berdim. Gol urish nasib qilmagan ekan, shunday bo'ldi. 

- Kelasi safar yana shunday xolat takrorlansa masuliyatni bo'yningizga olishga tayyormisiz?

- Bilmasam. O'yindan oldin bosh murabbiyning ko'rsatmasiga ham qaraymiz. 

- Bu yil o'z oldizga nechta gol urishni maqsad qilib qo'ygansiz?

- Gollarim soni qancha ko'p bo'lsa, shuncha yaxshi.

- Sizningcha Mikael Sekeyra o'zbek futboliga qanday yangiliklarni olib kirmoqda?

- Taktika va Evropa futbolini. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика