So’nggi yangiliklar

21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  2 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  5 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  4 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  5 16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  5 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1

Temurxo'ja Abduxoliqov: "Hozircha hammasi ajoyib" Yangiliklar

Temurxo'ja Abduxoliqov: "Hozircha hammasi ajoyib"

"Lokomotiv" hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov yangi mavsum oldidan o'z fikrlarini bildirdi.

- "Mashal" bilan kechgan o'rtoqlik uchrashuvi haqida fikringiz?
- Bu o'yin ham mavsumga tayyorgarlikning bir qismi bo'ldi. Maydonda yaxshi kurash kechdi. G'alaba qozonganimizdan xursandmiz.

- Kiritgan golingiz haqida?
- Qulay vaziyat yuzaga keldi va bundan foydalandim. Gol urishim kerak bo'lgan vaziyat edi, agar urolmaganimda gapirsa bo'lardi.

- Jamoaning mavsumga tayyorgarligi qanday bo'lyapti?
- Hammasi yaxshi. Tez-tez o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushyapmiz. O'ylaymanki, chempionat start olganidan keyin o'zimizni ko'rsatamiz. O'rtoqlik o'yinlari bilan rasmiy bahslarning farqi bor. Superliga uchrashuvlariga yanada ko'tarinki kayfiyatda chiqamiz.

- "Mashal" haqida nima deya olasiz?
- "Mashal" bu yil yana Superligaga qaytdi. O'ylaymanki, bu jamoa chempionat davomida o'zini ko'rsatadi.

- Superliga qurasi haqida nima deysiz?
- Endi bu qura, baribir hamma jamoalar bilan qachondir o'ynaymiz, chempionat boshidami yo oxiridami. Lekin mavsumni uyda boshlashimiz yaxshi deb o'ylayman.

- O'zingiz yangi mavsumga qanchalik tayyorsiz?
- Hozircha hammasi ajoyib. O'yinlar boshlansin, ko'ramiz nima bo'lishini.

"Lokomotiv" matbuot xizmati

Reyting: -16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика