Temurxo'ja Abduxoliqov: "Hali yarim finalga chiqqanimiz yo'q"
06 iyu 2016 11:35
Yangiliklar
Temurxo'ja Abduxoliqov: "Hali yarim finalga chiqqanimiz yo'q"
O'zbekiston kubogi chorak finali doirasidagi "Mashal" - "Lokomotiv" (1:4) uchrashuvidan so'ng mehmonlar hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov o'z fikrlarini bildirdi.
Takidlash lozimki, hujumchi shu kuni 3ta gol urishga erishdi.
"Mashal"ga qarshi o'yin qiyin bo'ldi. Hisob yiriklashib ketganiga sabab biz vaziyatlardan foydalandik xolos. Hali keyingi bosqichga chiqmadik, Toshkentda ham qiziq o'yin bo'ladi deb o'ylayman. Hisobni mezbonlar ochishdi. Biz hisobni tenglashtirib olgach tashabbus to'liq biz tomonga o'tdi.
Uchta golim ham muhim edi, ular orasida birinchisi chiroyli chiqdi deb o'ylayman.
Endi jamoamiz 1 hafta davomida dam oladi. Keyin Minsk shahriga 10 kunlik yig'inga uchib ketamiz", - deydi Temurxo'ja Abduxoliqov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar