So’nggi yangiliklar

01:59"Тоттенхэм" "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилиб, Европа лигасида ғолиб чиқди! Энди лондонликларда ҳам соврин бор!  59 01:58"Сирдарё ФА" бош мураббийи Аббос Махсталиев: "Мақсадимиз – академия ёшларига имконият бериш"  1 00:44"Локомотив" "Бунёдкор"ни мағлуб қилса ҳам гуруҳда қолиб кетган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 00:37Саудия Арабистони. "Ал Насср" ғалаба қозонди, Роналду 935-голини урди  4 00:32Эндрик жароҳати туфайли Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатини ўтказиб юборади  1 00:05Илёс Зейтуллаев: "Футболда ғалабадан кўра, мағлубият кўпроқ сабоқ беради"   0 23:35Кейн Бундеслиганинг энг яхши футболчиси деб топилди  0 23:05Григорий Колосовский: "Ғалаба бор, лекин гуруҳ босқичида тўхтадик"  0 22:38Расман: Флик "Барселона" билан шартномасини узайтирди  3 22:09Никола Лазаревич: "Бугунги ўйинда футболчиларимнинг ҳаракатларидан кўнглим тўлди"  1 21:45Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир жамоага ҳурмат билан қараймиз"  0 21:24Ўзбекистон кубоги плей-офф босқичининг барча иштирокчилари аниқ. Қуръа қачон ўтказилади?  5 20:45Ўзбекистон Кубоги гуруҳ босқичи якунланди. "Олимпик Мобиуз" кейинги босқичга йўлланма олди (бугунги натижалар)  11 20:23"Арсенал" Родриго билан музокараларни бошлади  5 19:48Ўзбекистон Кубоги. "Локомотив" 6 очко тўплаган бўлсада гуруҳда қолиб кетди, "Қўқон-1912" ва "Қизилқум" кейинги босқичда  7

Temurxo'ja Abduxoliqov: "Al Hilol"dan alamimizni olishga harakat qilamiz" Yangiliklar

Temurxo'ja Abduxoliqov: "Al Hilol"dan alamimizni olishga harakat qilamiz"

"Lokomotiv" - "Al Nasr" (0:0) uchrashuvi yakunlanganidan so'ng "temiryo'lchilar" hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


"Rahbariyat tomonidan oldimizga qo'yilgan minimum vazifa bajarildi. Guruhdan chiqqanimizga xursandmiz. Nimchorak finalda "Al Hilol" bilan to'qnash keladigan bo'ldik. Bu jamoa "Paxtakor"ga qarshi bellashuvda yomon taassurot qoldirmagandi. Endi O'zbekiston sharafini faqat "Lokomotiv" OCHLda himoya qiladi. Buyog'iga barchamiz birgalashib muxlislik qilsak foydadan xoli bo'lmaydi. Umid qilamanki, hammasi yaxshi bo'ladi", - dedi Temurxo'ja Abduxoliqov.

- Jamoa OCHL guruh bosqichini ko'tarinki kayfiyatda o'tkazdi. Dastlabki beshta turda jamoa hujumkor, tajovuzkor o'ynadi. Lekin aynan bugungi uchrashuv muxlislarni ranjitdi. SHaxsan sizga "Lokomotiv"ning ko'rsatgan o'yini yoqdimi?

- Har doim ham o'yindan qoniqib bo'lmaydi. Masalan kecha "Paxtakor" zo'r o'ynadi, barcha ularning o'yinidan zavq oldi. Ammo yakundachi? Nima bo'ldi? Yoki "Nasaf"ning o'yinlarini ko'pchilik maqtagandi, muxlislar qoniqishgandi. Ammo ular ham guruhda qolib ketishdi. Masalan katta kuch bilan oldinga o'tib, hujumkor o'ynab, ammo yakunda kerakli natijani qo'lga kirita olmaganimizda nima bo'lardi? Biz avvalo ehtiyotkorlik bilan o'ynadik. Hech qaysi jamoa goldan sug'urtalanmagan. Garchi guruhda peshqadamlik qilib turgan bo'lsakda, mag'lubiyat bizni keyingi bosqichsiz qoldirishi mumkin edi. Natijani o'ylab o'ynadik. Raqib himoyaga urg'u qaratgani uchun biz ham bor kuchimizni ishga solmadik. Oldimizda turgan vazifani uddaladik.

- Nimchorak final o'yinida eski tanish, "Al Hilol"ga duch keldinglar. Imkoniyatlarni qanday baholaysiz?

- Bu jamoa bilan o'tgan yili guruh bosqichida duch kelgandik. Bu safar ulardan alamimizni olishga harakat qilamiz. Agarda barchamiz birga, bir tan-u, bir jon bo'la olsak, unda bu jamoa to'sig'idan ham o'ta olamiz. Agarda bazi muxlislar o'zlarini bugungidek tutadigan bo'lishsa, unda bizga yanada qiyin bo'ladi. Men boshqa jamoa muxlislarini bizga ishqibozlik qilishga chorlamoqchi emasman. Hammaning o'z tanlovi va o'z jamoasi bor. Kim kimni qo'llab-quvvatlashni o'zi hal qiladi. Bizga ishonch bildirgan muxlislarga esa minnatdorchilik bildiraman.


SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика