So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  0 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  6 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  1 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  0 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  1 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  65 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  10 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

Temur Turdiev: "Xato qilgandirmiz-ki, jazoga tortildik" Yangiliklar

Temur Turdiev: "Xato qilgandirmiz-ki, jazoga tortildik"

Pro-liganing 4-turidan o'rin olgan "Aral Samali" - "Neftchi" (0:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Temur Turdiev jurnalistlar savollariga javob qaytardi.



 

O'yin haqida


"Neftchi" ko'p yillik tarixga ega bo'lgan jamoa. Ular Superligaga chiqish uchun imkoniyatlari yuqori bo'lgan klublardan biri. Tan olish kerak, ular bugun kuchli o'yin ko'rsatishdi. Jamoa tarkibida bir qator nomdor va terma jamoa safida o'ynagan futbolchilar harakat qildi. Ularning tajribasi bugun o'z so'zini aytdi.

- Bugun "Aral Samali" futbolchilari ko'proq yuqoridan uzatmalarni amalga oshirdi. Raqib jamoa esa aksincha o'ynadi. Buni qanday izoxlaysiz?

- Bizning jamoa hozirgi vaqtda asosan yoshlardan iborat. Tajribamiz etarli emas deb o'ylayman. Kam sonli tajribali futbolchilar sifatida Nauriz Alimov, Azamat Allaniyazov, Islom Seitnazarovlarni aytib o'tsak bo'ladi. Qolgan futbolchilar yosh va tajribaga ega emas. Nasib bo'lsa yanada ko'proq ishlab yaxshi jamoa tuzamiz degan umiddaman. "Neftchi" O'zbekistonda o'z obro'siga ega jamoa, bugun bizga ozroq qo'rquv ham pand bergandir balki.

- Norxon SHeripov bugun nega maydonga tushirilmadi?


- Norxon SHeripov o'yinga tayyor. Bugungi o'yinga Ruslan Menglimurodovni tayyorlagandik. Menimcha, u yomon o'ynamadi.

- Jamoangiz bor kuchi bilan o'ynayotgani ko'rinib turibdi. Davralar oralig'ida sizda tarkibni kuchaytirish, jamoaga tajribali futbolchilarni jalb etish maqsadi bormi?


- Hozir aytib o'tganimdek, yosh futbolchilar bilan qiynalayapmiz. Yanvar yoki fevral oylarida Toshkentga borib mavsumga tayyorlanishimiz lozim edi. O'sha paytda imkoniyatimiz bo'lmadi. Tayyorgarlikning asosiy qismini Nukusda o'tkazdik. Bu erda kuchli jamoalar yo'q. Eng yaqin bo'lgan "Xorazm" jamoasi ham Toshkentda tayyorlarlik qilgani uchun ular bilan ko'proq o'ynashni imkoni bo'lmadi. O'yinlar orqali yanada kuchayib boramiz. Tashqaridan tajribali futbolchilarni davralar oralig'ida tarkibga jalb etishga harakat qilamiz.

- Bugungi o'yin mahalliy telekanal orqali jonli efirda namoyish etildi. Nima deb o'ylaysiz, bu jamoani o'yiniga tasir ko'rsatadimi?


- Albatta, bu bizda futbolning rivojlanayotganini barchaga ko'rsatib beradi. Yoshi katta insonlar uyda qolib televidenie orqali o'yinni ko'radi. Futbol - xalq o'yini, bu o'yinni hamma tomosha qilishi kerak.

- O'tgan intervyuningiz tufayli sizga nisbatan qo'llanilgan jazo chorasi haqida to'xtalib o'tsangiz...


- Bu borada tegishli tartibda jarima solindi. O'yindan keyin emocional xolatda shunday vaziyat yuz berishi mumkin. Xato qilgandirmiz, shunga yarasha chora ko'rildi.

- Jamoangizda qaysi chiziqlarda muammo bor deb o'ylaysiz?


- Bugun hujum chizig'imizda bo'shliqlar ko'zga tashlandi. Vaziyatlar bo'ldi, foydalana olmadik. Raqib qarshi hujumda imkoniyatidan foydalanib gol urib ketdi. Sen urmasang senga urishadi. Bugun shunday bo'ldi.

- Rahbariyat va nufuzli rasmiy shaxslarning "Aral Samali" ishtirokidagi o'yinlarni kuzatishi jamoaga kayfiyat bag'ishlaydimi?


- Biz o'yin davomida faqat shu ish haqida o'ylaymiz. Tashqaridagi vaziyatga etibor qarata olmasligimiz mumkin. Kim kelib ketganini ham xabar topmaymiz. CHunki jarayonning o'zi shunga majbur qiladi, o'yin payti faqat futbol haqida o'ylashimiz kerak. Lekin kelib bizni qo'llab-quvvatlashsa albatta bundan xursand bo'lamiz.

- Keyingi turlarda stadion o'zgarishi mumkinmi?

- Hozirda biz mashg'ulotlar va o'yinlarni shu stadionda olib borayapmiz. "Turon" stadionida qachon o'ynashimiz mumkin, buni aniq ayta olmayman.

- Arslonbek ikkinchi bo'lim boshidan maydonga tushirilishiga kuchi etmaydimi?


- U yigitning kuchi etadi. U endigina 17 yoshga to'ladi. Buni ham hisobga olish kerak, kelajagi hali oldinda. Uni sekin-sekin tayyorlab boramiz.

- Keyingi o'yinlarda hujum chizig'ida o'zgarishlar bo'lishi mumkinmi?


- Albatta, bu borada tayyorgarlik jarayonida ishlaymiz, murabbiylar bilan ko'rib chiqamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика