So’nggi yangiliklar

12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  0 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  1 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  1 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  5 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  4 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  5 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  16

Temur Turdiev: “Rahbarlar futbolga qiziqadi, ammo...” Yangiliklar

Temur Turdiev: “Rahbarlar futbolga qiziqadi, ammo...”

Qoraqalpog'iston o'zbek futbolida muhim rol o'ynaydi. O'z vaqtida o'zbek futboliga Berdah Allaniyozov, Nematillo Quttiboev kabi iqtidorlarni tarbiyalab bergan mamlakat garchi oliy ligada jamoasi bo'lmasa-da, bugungi kunda ham to'xtab qolayotgani yo'q.

Azamat Allaniyozov, Salamat Quttiboev, Navro'z Alimov va Oybek Nurboev kabi o'yinchilar so'zimizga isbot bo'la oladi. O'rta avlod tarbiyalanuvchilaridan biri bo'lgan Temur Turdiev oliy ligamizning bir qator klublarida to'p surgan. Bir necha yillik tanaffusdan keyin 2015 yilgi mavsum boshida yana oliy ligaga qaytgan himoyachi faoliyatini birinchi liga klubida davom ettirishga majbur bo'ldi. Kuni kecha Temur Turdiev bilan suhbatlashib, nega “Buxoro”da qolmagani va “Orol”ning birinchi ligadagi ishtiroki haqida gaplashdik.

- Bir necha yillik tanaffusdan keyin oliy ligaga qaytgandingiz. Ammo “Buxoro”dagi faoliyatingiz omadsiz chiqdi. Buni nima bilan izohlagan bo'lardingiz.

- Jarohat. Boshqa sabab yo'q. Ikkinchi turdayoq oyog'imning boldir qismidan jiddiy jarohat oldim. “Dinamo”ga qarshi o'yinning adashmasam 20-daqiqasida himoyalanish jarayonida oyog'imni noto'g'ri qo'ydimmi, bilmadim, boldirim yirtilib ketdi. Natijada mavsumning asosiy qismini jarohatimni davolatish bilan o'tkazib yubordim. Tiklanish jarayoni ikki oydan ko'proq muddatni talab qildi. Oqibatda o'yin amaliyotisiz qolib ketdim. Tabiiyki, bu orada asosiy tarkibdagi o'rnimni ham yo'qotib qo'ydim. 

- “Buxoro”ga sizni sobiq bosh murabbiy Aleksandr Mochinov taklif qilgandi. Yosh mutaxassis ketganidan keyin siz ham jamoa bilan xayrlashdingiz. Klubda qolsangiz bo'lmasmidi? 

- Yo'q. O'ynamaganingizdan keyin jamoada qolishdan nima naf? Bunday holatda o'zingizni noqulay his qila boshlaysiz. 

- Ketishingizni yangi murabbiylar shtabi xohladimi yoki o'zingiz ketishga ruxsat so'radingizmi?

- O'zim so'radim. Ular ham o'ynamayotganimni aytishdi. Qolaversa, istaysizmi-yo'qmi, yangi murabbiylar jamoaga o'zlari bilgan-tanigan o'yinchilarni taklif qilishi aniq edi. Tabiiyki, bunday vaziyatda jamoada o'ynab ketishingiz amrimahol. Davralar oralig'ida “Buxoro”ni nafaqat men, anchagina futbolchi tark ketdi. 

- Agar Aleksandr Mochinov jamoada qolganida siz ham klubni tark etmasmidingiz?

- Bu borada aniq fikr bildirishim mushkul. CHunki o'sha vaqtda vaziyat qanday bo'lishini bilmasdim.

- Mochinov davridagi “Buxoro”ga nima etishmadi? Ko'pchilik yosh mutaxassisdan ijobiy natija kutgandi?

- Birinchidan, vaqt etishmadi. Ikkinchidan, ayrim sabablarga ko'ra, Mochinov tarkibni to'laligicha o'zi istagan futbolchilar bilan to'ldira olmadi. Bu borada unga moliyaviy tomondan ko'mak bo'lgani yo'q. Taklif qilingan legionerlarning saviyasi ham u qadar yuqori emas edi. Eng yomoni, jamoaga olib kelingan legionerlarni murabbiy na o'rtoqlik o'yinlarida va na mashg'ulotlarda sinab ko'rmadi. SHunchaki, legionerlar klub bilan shartnoma tuzishdi va murabbiyning qo'l ostida shug'ullanishni boshlashdi. O'zi xohlagan futbolchilarni jalb qila olmagani uchun ham optimal tarkibni yig'ishga qiynaldi. Har o'yinda har xil tarkib sinovdan o'tkazildi. Natijasidan xabaringiz bor. 

- So'nggi yillarda asosan birinchi liga klublari safida o'ynab kelayotgan edingiz. Oliy ligaga qaytib qandaydir farqni sezdingizmi?

- Bitta farqni aytishim mumkin, oliy ligada o'ynaydigan futbolchilarda “klass” boshqacha bo'ladi. Birinchi ligada o'yinchilar ko'proq yugurishi mumkin, lekin oliyda futbolchi birgina qarori bilan sizni xato qilishga majbur qila oladi. 

- “Orol”ga borib qo'shilishingiz qanday sodir bo'ldi?

- “Buxoro”dan ketganimdan so'ng “Orol” bosh murabbiyi Nematillo Quttiboev bilan suhbatlashdim. U kishi yordam berishimni so'radi va shu tariqa jamoaga qo'shildim. 

- Ligalar orasidagi farq sezilgandir?

- Albatta. Yuqoridagi savolingizga javob berganimda aytib o'tdim. Ligalar orasida “klass” borasida farq bor. 

- Oliydan birinchi ligaga qaytib, quyida o'ynab ketish qiyin bo'lmagandir? 

- Dastlabki to'rtta turda biroz qiynaldim. Yo'q, bu muhitga yoki ligaga moslasha olmaganimdan emas, shunchaki, ancha vaqt o'yin amaliyotisiz qolib ketganim sababli optimal formadan chiqib qolgandim. Keyin hammasi iziga tushib ketdi. Bundan tashqari, “Orol” ham ikkinchi bosqichning ikkinchi davrasidan keyin o'ziga keldi va natijalarimiz ham yaxshilandi. Bunga ham bir qator sabablar bor. Xususan, jamoa bosqichlar oralig'idagi tanaffus vaqtida yig'in o'tkazmagan. Futbolchilar mashg'ulotlarda qatnashmagan. Bu o'z-o'zidan jamoaning o'yiniga salbiy tasir qilgan. 

- Rahbariyat jamoaning kelajagi haqida nima deydi? 

- Kim nima derdi? Futbolchilar sakkiz oylab maosh olmagan bo'lsa?! Yaxshi ham Respublikadagi Institut, kollejlarning rektor va direktorlari futbolga qiziqishadi. Ular klubdagi bir necha faxriy o'yinchini oliy dargohlarga ishga joylab qo'yishdi. Futbolchilar bo'sh vaqtida futbol o'ynashib, tep tepishga ajratgan vaqtlarini talim dargohidan olgan maoshlari evaziga “yopib” kelishdi.

- Qolganlarchi? Jumladan, yosh o'yinchilar, murabbiylar?

- Yosh o'yinchilarning aksari talabalar hisoblanishadi. Bosh murabbiy Nematillo Quttiboevning o'zi esa, Olimpiya zaxiralari kollejida ishlaydi. 

- Safar o'yinlariga borib-kelish qanday amalga oshdi?

- Safarga jo'nab ketishimiz lozim bo'lgan so'nggi kunlarda mablag' topilardi. Ayrim safarlarga borganda qarz bo'ldik, keyin to'lab berildi. 

- Rasman jamoaning homiysi qaysi tashkilot?

- Aniq bir homiy biriktirilmagan, aniqrog'i, homiylarimiz juda ko'p. Yillik smeta bizga biriktirilgan barcha tashkilotlarning zimmasiga yuklatilgan. Qaysidir tashkilot klub hisob-raqamiga 500 ming o'tkazib bersa, boshqasi 1 million. Boshqasi yana qanchadir. Hammasiga etarlicha mablag' o'tkazib berilishini yuklatilgan, lekin hech bir tashkilot birdagina o'ziga yuklatilgan summani o'tkazmaydi. Natijada unga-bunga iltimos qilishga majbur bo'lardik. Klubning o'zi rasman Respublikaga tegishli. 

- SHunday qiyinchilik bilan kun kechirsada jamoa musobaqada juda yomon ishtirok etgani yo'q?!

- Agar faqat mablag'ga qarab o'ynaganimizda jamoa birinchi ligadan tushib ketishi mumkin bo'lgan ikki klubning biriga aylanardi. Biz vaziyatni o'nglash maqsadida maksimal darajada harakat qildik. Tarkibdagi hech bir futbolchi pul haqida o'ylagani yo'q. Asosiy muammoimiz – jamoani qiyin vaziyatdan olib chiqib ketish bo'ldi. 

- Jamoa o'yinlarga qanday tayyorgarlik ko'rardi?

- Mashg'ulotlarda har doim ham to'liq tarkib ishtirok etmasdi. CHunki pul to'lanmaganidan keyin kim ham doim kelib shug'ullanishni istaydi. Yoki qaysi murabbiy shogirdidan mashg'ulotga doim kelishini talab qila oladi? 

- Qoraqalpog'istondek katta respublikada bittagina jamoani ushlab turadigan baquvvat homiy yo'qmi yoki futbolga qiziqadigan insonlar kammi?

- Bu borada aniq fikr ayta olmayman. SHunisi haqiqatki, rahbarlar futbolga qiziqadi, ammo ularning boshqa muammolari ham bor. 

- Bunday vaziyatda faqat muxlislarga achinasan kishi?

- Albatta. Bizda futbolning ashaddiy shinavandasi bo'lgan muxlislar etarlicha. Oddiy misol, chempionatning ikkinchi bosqichida “Paxtakor-2” bilan safarda o'ynadik. O'sha belashuv arafasida jamoa hisob-raqamiga biriktirilgan homiylardan pul kelib tushmadi. SHunday qiyin vaziyatda sadoqatli muxlisimiz yordamini ayamay safar xarajatlarini to'lab berdi. Keyinroq unga pul qaytarib berildi, ammo salkam 10 million so'mga yaqin pulni hamma ham qarzga beravermaydi. 

Furqatbek NISHONOV suhbatlashdi.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика