So’nggi yangiliklar

02:40УЕФА Суперкубоги. "Реал Мадрид" - "Аталанта" 2:0, Беллингемдан заргарона ассист Мбаппедан гол  0 01:50"Реал Мадрид" – Европа Суперкубоги соҳиби! Мбаппе илк ўйинидаёқ гол урди ва соврин ютди  25 01:15Саудия Суперкубоги. "Ал Тавун" - "Ал Насср" 0:2, Роналдудан ажойиб узатмалар ва гол  0 00:30"Манчестер Юнайтед" Бруну Фернандеш билан шартномани узайтирди  0 23:46"Ал Насср" Саудия Арабистони Суперкубоги финалига йўл олди. Роналду янги мавсумдаги илк голини урди  3 23:30Карло Анчелотти: "Ёзги таътилим расво бўлди"  3 23:10УЕФА Суперкубоги. "Реал Мадрид" – "Аталанта". Бошланғич таркиблар аниқ!  20 22:40ПСЖ деярли 60 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  1 22:08Анвар Бердиев: "Ютишимиз ҳам, ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  3 21:52Ҳаким Фузайлов: "Бугун икки очко йўқотдик"  2 21:30Сильванус Нимели расман янги клубга ўтди  1 21:10"Футбол олами". "Насаф" "Пахтакор"ни ОКМК "Навбаҳор"ни мағлуб этди — Суперлиганинг 15-тури ҳақида барчаси  1 20:59Про-лига. "Хоразм" - "Шўртан" учрашувида ғолиб аниқланмади  1 20:4235 ёшли хавбек "Барса"га ўтиши мумкин?!  7 20:10"Рома" Шомуродовнинг рақобатчисини бошқа клубга юбормоқда  7

Temur Turdiev: "Dinamo" bilan o'yinda ham g'alaba uchun o'ynaymiz" Yangiliklar

Temur Turdiev: "Dinamo" bilan o'yinda ham g'alaba uchun o'ynaymiz"

O'zbekiston Birinchiligining 5-tur o'yinlari davom ettirildi. "Orol" - "Zomin" uchrashuvi maydon egalarining 5:2 hisobidagi g'alabasi bilan nihoyasiga etdi.

Biz uchrashuvdan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Temur Turdievning fikrlari bilan qiziqdik.

- Bellashuvda mehmonlar hisobni ochishdi. "Zomin"ning goliga bir daqiqa ichida javob qaytarganimiz bizning yutug'imiz bo'ldi. SHundan keyin mehmonlar yana bir marta hisobda oldinga chiqib olishdi. Bu safar ham hisobni tezda tenglashtira oldik. Aytishim kerak, birinchi bo'limda bizning o'yin unchalik qovushgani yo'q. Aksincha, mehmonlar yaxshiroq harakat qilishdi. Ularda kuchli jamoa borligi ko'rinib turdi. SHunchaki, hisob 1:1 bo'lib turganida "Zomin"ning bir azosi qizil kartochka olgani ham ularning o'yiniga salbiy tasir qildi, chog'i.

Tanaffusdan keyin ustunlik to'laligicha biz tarafda bo'ldi. Yakunda natija ham shunga mos bo'ldi. Bu safar biz bo'lim avvalida gol urdik. Undan keyin to'rtinchi, beshinchi va oltinchi golni ham urgandik. Ammo ofsayd deya baholangan oltinchi golimiz inobatga olinmadi. Navbatdagi turda "Dinamo"ni qabul qilamiz. Garchi samarqandliklar etakchilardan biri bo'lsa-da, uchrashuvda g'alaba uchun o'ynaymiz, - deydi Turdiev.


Furqatbek Nishonov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика