Temur To'xtasinov futbolga qaytdi
28 jan 2022 14:15
Yangiliklar
Temur To'xtasinov futbolga qaytdi
U 2020 yilning 28 noyabrida O'FA Etika qo'mitasining qarori bilan hakamlikdan chetlatilgan edi.
Aniqroq aytilsa, O'FA Bosh hakami T.N.To'xtasinov O'FA intizom kodeksining 5.44. bandiga asosan bir qator futbol o'yinlarida uchrashuvga yoki uning natijasiga tasir o'tkazish maqsadida kelishuvlarda qatnashgani uchun 2021 yilgi futbol mavsumida hakamlik qilishdan chetlatilgan va 10 000 000 (o'n million) so'm jarimaga tortilgan edi. Demak, uning diskvalifikaciya muddati nihoyasiga etib ulgurgan.
Malumot uchun, Temur To'xtasinov 26 yanvar kuni o'tkazilgan "Paxtakor" va "Yangier" jamoalari o'rtasidagi nazorat uchrashuvini boshqarib bordi. Ammo har ikki klub matbuot xizmati bu haqda malumot bermagan.
Fikrlar