So’nggi yangiliklar

09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  0 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  2 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  4 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  15 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  2 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  8 22:08"Интер Майами"ни ким бошқариши аниқ  1 21:48Виталий Левченко: "Нефтчи"да ёшлар йўқ? Бунинг учун шароитлар йўқ"   9

Temur Olimxo'jaev: “Osiyo chempionatida yarim finalga chiqishimiz shart” Yangiliklar

Temur Olimxo'jaev: “Osiyo chempionatida yarim finalga chiqishimiz shart”

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi iyun oyining oxirgi o'n kunligida Belarus poytaxti Minskda yig'in o'tkazib, mezbonlarga qarshi ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
Xabaringiz bor, terma jamoamiz sentyabr oyida Hindistonda tashkil qilinadigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Odatdagidek, mazkur musobaqada o'smirlarimiz oldiga yarim finalga chiqish orqali jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasi qo'yilgan. Biz Minsk safaridan keyin terma jamoa bosh murabbiyi Temur Olimxo'jaev bilan suhbatlashdik.

- Temur aka, avvalo Minsk safari taassurotlari bilan o'rtoqlashsangiz.


- Minskda o'tkazgan yig'inimizdan ko'nglim to'ldi, deb bemalol ayta olaman. Sababi, biz yig'in davomida yaxshi sharoitlarda mashg'ulot o'tkazdik va Evropa vakiliga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdik. Aytishim kerak, mezbonlar bizni iliq tarzda kutib olishdi. 23 iyun kuni manzilga etib borgan bo'lsak, kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazdik. Hatto o'yinlar kuni ham mashg'ulotlar o'tkazishni kanda qilmadik. Uchrashuvlar xalqaro maqomda bo'lgani tufayli har bahsdan avval davlatlarning madhiyalari yangradi. SHogirdlarim madhiyani jonli tarzda kuylab, stadionga tashrif buyurganlarga vatanparlik xislatlarini namoyish qilishdi.

- Belarus o'smirlariga qarshi ikki o'yinning birida mag'lub bo'lib, ikkinchisida g'alaba qozondinglar. Uchrashuvlar haqida qanday fikrdasiz?


- Ikkala bahs ham qiziqarli, tomoshabop o'tdi, deyishim mumkin. Qolaversa, biz har ikkala bellashuvda ham bemalol g'alaba qozonsak bo'lardi. Bilmadim, birinchi uchrashuvda omad kulib boqmadimi, hatto durang ham o'ynay olmadik. Vaholanki, shogirdlarim juda ajoyib o'yin namoyish qilishgandi. Biz bilan rahbariyat ham Minskka borgan edi. Ularga ham terma jamoaning o'yini manzur bo'ldi. Ikkinchi bahs oldidan futbolchilarni uchrashuvga ruhan tayyorladik. SHunga monand ular “albatta g'alaba qozonamiz”, deya maydonga chiqishdi. Xudoga shukr, bolalar ko'rsatmalarimni to'liq bajarishdi va Belarus ikkinchi o'yinda mag'lub etildi.

- Uchrashuvlar orqali futbolchilaringizning bugungi holatini ko'zdan kechirib olganingiz tabiiy. SHogirdlaringizdan ko'nglingiz to'qmi?


- Oldimizda Osiyo chempionati bor. Mazkur musobaqada yarim finalga chiqishimiz shart! Buning uchun albatta yaxshi shakllangan, kuchli terma jamoaga aylanishimiz lozim. Savolingizga kelsam, yuqorida aytganimdek, Minsk safaridan ko'nglim to'ldi. Garchi birinchi o'yinda yutqazgan bo'lsakda, shogirdlarimning harakatlaridan qoniqish hosil qildim, biroq biz jahon chempionatida ko'zlayotgan ekanmiz, bu saviyada to'xtab qolishimiz kerak emas. Oldimizda ikki oy vaqt bor. Bu muddat ichida o'yinimizni yanada kuchaytirishga harakat qilamiz. Minskka 18 nafar futbolchini olib ketgandik. Har ikkala bahsda ham ularning barchasiga maydonga tushish imkoniyatini yaratib berdik. Meni xursand qilgan jihat shu bo'ldiki, uchrashuvlarda hatto zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar ham borini berib harakat qildi. Finalda o'ynayotgandek to'p surishdi. Ko'zlari chaqnab, yonib, katta ishtiyoq bilan to'p surishdi. Yigitlarga bunday o'yinlar zarur. CHunki jiddiy raqiblarga qarshi bahsda kuchli va kuchsiz taraflarimizni yanada yaxshiroq bilib olamiz.  

- Belarus terma jamoasi sizda qanday taassurot qoldirdi?  


- Juda kuchli terma jamoa ekan. Baribir Evropa vakili ekanligi sezilib turdi. Futbolchilari tezkor, funkcional tarafdan kuchliligi etiborimni tortdi. Ammo aytganimdek, shogirdlarim hech bir jihatdan ulardan qolishgani yo'q. Buni ikkinchi uchrashuvda natijada ham isbotladik.

- Osiyo chempionatiga ikki oydan sal ko'proq vaqt qolgan bo'lsa-da, terma jamoaning “o'zagi” aniq bo'lsa kerak?


- Albatta. Terma jamoaning “o'zagi” deyarli aniq. Har bir chiziqqa ikki nafardan futbolchi tanlab olganmiz. Ammo bu hech bir futbolchini xotirjam bo'lishiga sabab bo'la olmaydi. CHunki biz Osiyo chempionatiga o'sha vaqtda har tomonlama tayyor bo'lgan o'yinchilarnigina olib ketamiz. O'ziga ishonib, o'z ishlashni to'xtatib qo'yganlar bizning ro'yxatdan tushib qoladi.

- Navbatdagi yig'inlar qachon va qaerda o'tkaziladi?

- Yig'inlar asosan Toshkentda tashkil qilinadi. Avvaliga Respublikamizning tog'li hududlarida yig'in o'tkazishni rejalashtirgandik. Ammo hozir fikrimizni o'zgartirdik. Sababi, Osiyo chempionati bo'lib o'tadigan Hindiston iqlimi issiq o'lkalar qatoriga kiradi. Ularning muhitiga tezroq moslashish uchun bugundan harakatni boshlashimiz kerak. Iyul oyida poytaxtimizda ikki haftalik yig'in o'tkazishni maqsad qilganmiz. Mazkur yig'in doirasida Ummon terma jamoasiga qarshi ikkita nazorat o'yinida maydonga tushamiz. Uchrashuvlar oyning so'nggi o'n kunligida bo'lib o'tadi.

- Avgust va sentyabr oylaridagi rejalar haqida ham gapirib o'tsangiz.


- Musobaqaga qadar amalga oshirishni rejalashtirgan ishlarimiz talaygina. Hozir bular haqida gapirishni istamayman. Oldimizda ikki oydan ko'proq vaqt bor ekan, bundan unumli foydalanishga harakat qilamiz. Asosiysi, futbolchilarning jismoniy holati eng yuqoriga ko'tarilishini Osiyo chempionati davrida to'g'irlay olsak, bu bizning eng katta yutug'imiz bo'ladi. Hozir bu borada ish olib boryapmiz.

- Osiyo chempionati oldidan qandaydir havotirlaringiz bormi?


- Har qanday murabbiyda ham ozgina bo'lsa-da, xavotir bo'lsa kerak?! Zero, biz Osiyo chempionatiga jahon chempionatiga chiqish uchun yo'l olamiz. Tayyorgarligimizdan, futbolchilarning holatidan ko'nglim to'q. Bu borada hech qanday muammo yo'q. Rahbariyat bizga barcha sharoitlarni yaratib bermoqda. SHunchaki, oldimizda katta masuliyat turganini his qilib turibman.

Furqatbek NISHONOV suhbatlashdi.
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика