Skaloni Argentina terma jamoasidan ketishiga shama qildi

20 iyul 2026, 12:23
"Dekabrgacha ishlashda davom etaman, undan keyin esa, albatta, prezident bilan gaplashib olaman.

Nazarimda, hozirgi reja - kichik pauza qilish va nafas rostlab olishdan iborat.

Bu yerda faoliyat yuritish men uchun juda yoqimli va bundan faxrlanaman. Dekabrgacha, agar prezident xohlasa, shu yerda bo'laman, undan keyin esa, aytganimdek, qiyin bo'ladi. Chunki vaziyat o'zgarishi mumkin va bu adolatdandir.

Dekabr oyidan keyin, katta ehtimol bilan lavozimimni tark etaman. Ko'ramiz", - dedi Skaloni "Ole" nashriga bergan intervyusida.

O'xshash yangiliklar


Manba: Ole