So’nggi yangiliklar

16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  1 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  0 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  0 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  8 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  23 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  3 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2

Temur Olimxo'jaev: "O'rtada Jahon chempionati chiptasi turibdi" Yangiliklar

Temur Olimxo'jaev: "O'rtada Jahon chempionati chiptasi turibdi"

Bugun, 24 sentyabr kuni o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati chorak finali oldidan jamoalar bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Unda ishtirok etgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Olimxo'jaev, chorak final bosqichidagi Iroqqa qarshi bo'lajak o'yin borasidvgi fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bu bosqichga hech kim tasodifan chiqib qolmaydi. CHorak finalgacha etib kelgan barcha jamoalar qitaning shu  yoshdagi eng yaxshi jamoalaridir. Iroq terma jamoasini ushbu bosqichga etib kelgani bilan tabriklayman.



Bu o'yin har ikki jamoa uchun ham juda muhim. CHunki o'yin g'olibi Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritadi. Bu esa o'yinni jamoalar uchun murakkabroq va muxlislar uchun qiziqarliroq bo'lishiga sabab bo'ladi.

Jahon chempionati yo'llanmasi qo'shimcha bosim yuklashi mumkinmi? Albatta, futbolchilar ham oddiy insonlar va bosimning bo'lishi tabiiy hol. Ammo, shunga qaramay biz yigitlarni o'yinga to'g'ri tayyorlab, o'z o'yinimizni namoyish qilamiz, deb o'ylayman.



Iroq texnik va taktik jihatdan turnirga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan. SHu bilan bir qatorda bir necha individual kuchli futbolchilarni ham kuzatdim.

Iroq va Ummondan qay biri yaxshiroq edi? Ochig'i, biz chempionatga yuqori maqsadlarni ko'zlab kelganmiz va har qanday raqibga qarshi o'ynashga tayyormiz" - deydi Temur Olimxo'jaev.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика