So’nggi yangiliklar

02:01Италия Суперкубоги. Нереснинг дубли "Наполи"га соврин олиб берди  1 01:27Элит ОЧЛ. Ҳамробеков жамоаси сўнгги дақиқаларда ғалабани илиб кетди, "Ал Ҳилол" ва "Ал Аҳли" меҳмонда зафар қучишди  0 01:05"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"  8 00:26Ироқ. Шерзод Темировнинг голи "Эрбил"ни мағлубиятдан қутқариб қолди, у 8 та баҳсда 8 та гол урди  2 00:00"Бунёдкор" уч футболчи билан шартномани узайтирди  0 23:41Расман: "Барселона" ва ПСЖ собиқ юлдузи 32 ёшида фаолиятини якунлади  0 23:13Рақиб қизил олса, "Ливерпул"га қийинроқ, "Эвертон"нинг кучи ҳам, заиф нуқтаси ҳам Грилиш. Топ чемпионатлар учрашувларидаги ўзига хос тактика ҳақида  1 22:53"Ғазалкент" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  4 22:24Рўзиқул Бердиев: "Ал Иттиҳод" юлдузларга бой кучли жамоа"  5 22:04"Қизилқум" Шукуров билан шартома имзолади  1 21:33"Навбаҳор" Тошкентда йиғинни бошлади (ФОТО+ВИДЕО)  1 21:08Туркия. Шомуродов ва Файзуллаев гол урди, "Башакшехир" йирик ғалабага эришди  21 20:28Винисиус яхши ўйнамаётганини тан олмоқда, аммо...  5 19:50Европа топ-лигаларидан 136 нафар футболчи "йўқ" бўлиб қолди. Африка миллатлар кубоги режаларига ўзгартириш киритадиган клублар ҳақида   2 19:39Зайниддин Тожиев: “Ғазалкент” бутун эътиборни ёшларга қаратади, Про лигада 6 та жамоа жуда камлик қилди"  1

Temur Olimxo'jaev: "Maqsad JCH ekan, raqib kim bo'lishining farqi yo'q" Yangiliklar

Temur Olimxo'jaev: "Maqsad JCH ekan, raqib kim bo'lishining farqi yo'q"

Teglar :  Temur Olimxo'jaev
Hozirgina Hindistonning Goa shahrida o'smirlar o'rtasida bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
SHu munosabat bilan, terma jamoamiz bosh murabbiyi Temur Olimxo'jaevning raqiblar haqidagi fikri bilan qiziqdik.

"Bu yoshdagi Osiyo chempionatidagi deyarli barcha jamoalarning kuchlari teng bo'ladi. Muhimi, musobaqaga yaxshi kayfiyat va tarkibdagi yo'qotishlarsiz borish. Bu borada hozircha muammo yo'q, barcha shogirdlarim turnirga jiddiy hozirlik ko'rayaptilar. Raqib esa to'g'risi katta ahamiyat kasb etishi kerak emas, minimum maqsad JCH yo'llanmasini qo'lga kiritish", - deydi bosh murabbiy.

Guruhdagi raqiblar haqidagi fikr shunday yangradi:
- SHimoliy koreyaliklarni anchadan beri bilamiz. U erda bo'ydor va jismonan baqquvat futbolchilar ko'p. Yaman bilan o'rtoqlik uchrashuvida to'qnash kelganmiz va 5:2 hisobida g'alaba qozongan edik. Tailand ham yomon jamoa emas. Guruhdan muvaffaqiyatli o'tib olishimiz kerak. Maqsad albatta birinchi o'rinni qo'lga kiritish, shunda Iroq yoki Ummon terma jamoasiga qarshi bahs olib borishimiz mumkin bo'ladi. Janubiy Koreya esa "S" guruhining favoriti.

- Musobaqaga qadar bo'lib o'tadigan o'yinlar haqida axborot bersangiz.
- 23 iyun kuni Minsk shahrida Belarus terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazamiz. Yig'in bir hafta davom etadi va unda 17 nafar futbolchi ishtirok etadi. Iyul oyida esa Dukentda kengaytirilgan tarkib bilan ishlaymiz. Rejaga ko'ra, avgust oyida Slovakiyada so'nggi yig'inimiz o'tkazilinadi. Aynan shu yig'in orqali musobaqaga boradigan tarkibga oydinlik kiritamiz. Bugungi quradan keyin boshqa takliflar ham bo'lishi mumkin. Bu borada terma jamoalar markazi bizga yaqindan yordam berayapti, - deb o'z fikrlarini yakunladi Olimxo'jaev. 

Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика