Temur Olimxo'jaev: “Bu o'yinga jiddiy tayyorlangan edik”
19 sen 2015 07:38
Yangiliklar


Temur Olimxo'jaev: “Bu o'yinga jiddiy tayyorlangan edik”
Unda qatnashgan O'zbekiston o'smiralar terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Olimxo'jaev o'yin haqidagi fikrlarini bildirdi.
“Bugungi o'yinga juda jiddiy tayyorlangan edik. O'yin natijasi ham shunga yarasha bo'ldi, deb o'ylayman. Falastinga qarshi saralash turnirlarida boshqa jamoani boshqargan vaqtimda o'ynagandik. SHuning uchun bu mamlakat futboli menga notanish emas”.
“So'nggi o'yinga kelsak, raqibimiz jiddiy. Lekin biz har bir o'yinda g'alaba qozonish usun maydonga tushamiz. Ayni paytda oldimizda turgan vazifa – Osiyo chempionati final bosqisi. Buning uchun so'nggi o'yinda ham g'alaba qozonishimiz kerak. Osiyo chempionati final bosqichiga yo'l olsak, oldimizga Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishni vazifa qilib qo'yamiz. Men bir marta jamoamni Jahon chempionatiga olib chiqqanman va yana bir marta bu ishni takrorlamoqchiman”, - deydi Temur Olimxo'jaev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar