So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  6 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  6 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Temur Kapadze: "Hamisha o'zbek futboli rivoji yo'lida xizmat qilishda davom etaman" Yangiliklar

Temur Kapadze: "Hamisha o'zbek futboli rivoji yo'lida xizmat qilishda davom etaman"

Teglar :  Temur KapadzeO'FA
Ayni kunlarda Toshkentda O'FAning murabbiylikka tayyorlov bo'yicha to'rt kunlik o'quv-kurslari bo'lib o'tmoqda.

Mazkur kurslarni ilk marta yaqin o'tmishning nomdor futbolchilaridan biri Temur Kapadze olib bormoqda.

Temur Kapadze O'FA rasmiy saytiga O'FA instruktori sifatidagi ilk ish tajribasi hamda kelajak rejalari bilan o'rtoqlashdi.

- Birinchi navbatda O'zbekiston futbol associaciyasi rahbariyati hamda murabbiylar talimi departamentiga menga o'zimni instruktor sifatida sinab ko'rish imkoniyatini taqdim etishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Rostini aytsam, futbolchilik faoliyatimni tugatganimga va murabbiy sifatida ish boshlaganimga hali uncha ko'p vaqt bo'lgani yo'q. SHu sababdan yaqin vaqt ichida instruktorlik qilaman, deb o'ylamagan edim. Lekin menga ishonch bildirishdi, shuning uchun ham bu yo'nalishda o'zimni sinab ko'rishga qaror qildim.

Ayni kunlarda o'tkazilayotgan kurslar men uchun instruktor sifatida dastlabkisi. Lekin ilgari bir nechta xalqaro o'quv kurslarida tinglovchi bo'lganman, qolaversa instruktor yordamchisi sifatida ham ishlashga ulgurganman.

Bu mening faoliyatimdagi yangi davr desam ham bo'ladi. Zero instruktor sifatida ishlash orqali o'z ustimda yanada ko'proq izlanishimga to'g'ri keladi, shuningdek, bu boradagi bilimlarimni yanada rivojlantiraman. Har bir kursga yaxshi tayyorlanish lozim bo'ladi va bu jarayonda yanada ko'proq o'qish, yangi mavzularni o'rganish va ushbu sohadagi yangiliklardan xabardor bo'lib borishim zarur bo'ladi. Hozirda menga ushbu sohada katta tajribaga ega bo'lgan mutaxassis SHamil Iseev ancha yordam beryapti. Aytishadi-ku, beshikdan to qabrgacha ilm izla, deb. Hozirgi zamonda har bir soha mutaxassisi o'z ustida tinmay ishlashi va izlanishi davr talabi sanaladi.


Bevosita kurslarga to'xtaladigan bo'lsam, menimcha, O'FA trenerlik talimi va ushbu sohani rivojlantirish bo'yicha to'g'ri yo'ldan ketyapti. Bu borada tayyorlov kurslarining ahamiyati ham ancha yuqori. CHunki aynan ushbu o'quv-kurslari orqali keyinchalik “C” sertifikati bo'yicha tahsil olishga nomzodlar aniqlab olinadi. To'rt kunlik o'quv-kurslari davomida murabbiylik faoliyati bo'yicha dastlabki bilimlar beriladi. Keyin esa yosh futbolchilarga saboq beruvchi murabbiylar saralab olinadi.  Ushbu mutaxassislarning yaxshi bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishi bevosita futbolimiz kelajagiga ham tasir ko'rsatadi.

Instruktorlik faoliyatidagi asosiy murakkablik – bu vaqt bilan bog'liq masala. Aytib o'tganimdek, kurslarga jiddiy tayyorgarlik olib borish lozim bo'ladi. Buning uchun esa vaqt zarur bo'ladi. Bilasiz, men murabbiy sifatida ham faoliyat olib boraman. Ayni paytga kelib birinchi davra yakuniga etib ulgurdi, qolaversa bu galgi kurslar 4 kun davom etadi. Keyingi kurslarning vaqtini ham qulay bo'ladigan paytga belgilab olamiz.

Hozircha instruktorlik faoliyatidagi kelajak rejalarim haqida gapirishga biroz erta. Lekin shuni takidlay olamanki, hamisha o'zbek futboli rivoji yo'lida xizmat qilishda va bunda o'z munosib hissamni qo'shishda davom etaman.


Temur Kapadze "Lokomotiv" yoshlar jamoasidan ketdi

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика