Temur Kapadze: “Faqat yaxshi tilaklarim sizlarga”
02 dek 2013 15:28
Yangiliklar

Temur Kapadze: “Faqat yaxshi tilaklarim sizlarga”
Temur Kapadze tadbirga eng yaqin do'sti Server Jeparov bilan tashrif buyurdi.
Temur matbuotni imkon qadar tez-tez kuzatib boradi. Biz uchun saytimiz borasidagi fikrlari bilan qiziqdik.
- Fursatdan foydalanib, ko'pchilik qatori men ham championat.asia saytining tug'ilgan kuni bilan tabriklayman. O'ylaymanki, mana shu o'tgan uch yil ichida sayt juda ko'p ishlarni amalga oshirdi. O'zining katta auditoriyasiga ega bo'ldi va yangiliklarni tez-tez berib turishi bilan boshqalardan ajralib turdi. Sayt shaniga aytadigan gaplarim faqat yaxshiliklardan iborat. Saytning o'quvchilari qancha ko'paysa, bundan judayam xursand bo'laman.
- championat.asianing boshqa saytlardan farqi nimada?
- Farqi bor, albatta. Avvalo saytning ko'rinishi o'zgardi. To'g'risi, boshida ko'nika olmay yurgandim, keyin esa o'rganib ketdim. Menimcha, sayt endi qulayroq shaklga keltirildi. Bundan tashqari, saytning rus tilidagi versiyasi ham juda ko'pchilikka maqul kelyapti. Oramizda ruscha o'qiydiganlar ham ko'p va bu ular uchun ayni muddao.
- Siz uchun xabarlarni o'qish qiziqmi yo xabarlar tagida chiqadigan muxlislar fikrinimi?
- To'g'risini aytsam, fikrlarni unchalik o'qimayman, asosan xabarlarni o'qish bilan cheklanaman. Negaki aksariyat fikrlar shunchaki yoziladi. Bazi muxlislar esa hatto qo'pol so'zlarni ishlatib bir nimalarni yozishadi. SHu bois bunaqa gaplarni o'qigim kelmaydi.

Fikrlar