So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  0 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  0 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  8 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  5 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

Temur Kapadze: "Biz uchun g'alaba juda kerak edi" Yangiliklar

Temur Kapadze: "Biz uchun g'alaba juda kerak edi"

O'zbekiston - KXDR bahsi yakuniga etgach, jamoamiz yarim himoyachisi Temur Kapadzedan qicqacha intervyu oldik.
- O'yin qanchalik qiyin kechdi?
- Birinchi uchrashuv hech qaysi jamoa uchun oson kechmasligi aniq edi. Bugun ham shunday bo'ldi. Birinchi bo'lim biroz qiyinroq bo'ldi, ammo tanaffusdan keyin o'zimizni ko'rsata oldik. Biz uchun bu bellashuvda chiroyli o'yindan ko'ra, g'alaba qozonish muhimroq edi.

- Raqib qaysi tomonlama qiyinchilik ko'rsatdi?
- Biz koreyaliklarni ikkinchi raqamli jamoa sifatida harakat qilishini bilardik. Va shunga yarasha tayyorgarlik ko'rgandik. Raqib asosan "ikkinchi qavat"da ustunlik qilishga harakat qildi. Biz gol urib olgach, KXDR asabiylasha boshladi, agar ikkinchi to'pni ham kiritganimizda, ular umuman o'yin tizginini qo'ldan chiqarib yuborgan bo'lishardi.

- Bir vaziyatda bosh bilan gol urishingiz mumkin edi.
- O'sha vaziyatda koreyaliklarni shunchaki omad goldan qutqarib qoldi deb o'ylayman. Agar to'p darvoza ustuniga tegmasdan gol bo'lganida, biz uchun o'yinning qolgan qismi yanada oson kechardi.

- Hakam tomonidan qo'shib berilgan oxirgi daqiqada gol o'tkazib yuborishimiz mumkin edi.
- O'sha vaziyatda o'zimizni biroz bo'sh qo'yib yubordik. Albatta, bahs oxirlarida hamma toliqqan, qolaversa, o'yin paytidagi kuchli yomg'ir - bularni ham inobatga olish lozim. Yaxshiyam o'sha vaziyatda Ignatiy Nesterov to'pni qaytarib yubordi, agar gol o'tkazib yuborganimizda judayam alamli bo'lardi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика