Temur Hakimov "So'g'diyona"ni tark etdi

Mavsum boshida Jizzax klubiga ko'chib o'tgan hujumchi birinchi davra yakunlanmay jamoani tark etdi.
Futbolchi jarohatlar tufayli Davron Fayziev jamoasidan kyetishga qaror qilgan. Hakimov bir qator o'yinlarni aynan jarohatlar bois o'tkazib yubordi. 2011 yil Meksikadagi o'smirlar o'rtasidagi mundialda ishtirok etib qaytgan Temur 20 kun davolanadi va ikkinchi davradan yana maydonga qaytadi. Hozircha Hakimov erkin agent maqomida bo'ladi.

Manba: championat.asia