

O'tgan yili birinchi liga vakili "Oq-tepa"da o'ynagan Temur Hakimov oxirgi paytlarda "Buxoro" yig'inida ma'lum muddat ishtirok etib, keyinchalik jamoa lagerini tark etgandi.
Olingan ma'lumotlarga ko'ra, Hakimov o'ziga yangi jamoa topgan. Aniqrog'i "So'g'diyona" unga taklif bilan chiqdi. Shu bois yaqin kunlar Temur navbatdagi jamoasi yig'iniga qo'shiladi. Aytish lozimki, 22 yoshli futbolchi o'tgan mavsum o'z hisobiga 20ta gol yozdirib qo'ygandi.



