Temmi Rimda! U "Roma" tarixidagi eng qimmat xaridmi?
17 avg 2021 16:34
Yangiliklar
Temmi Rimda! U "Roma" tarixidagi eng qimmat xaridmi?
"Bo'rilar" matbuot xizmati Abraxamning transferini elon qildi.
"Roma" mazkur futbolchi uchun "CHelsi" hisob raqamiga 40 mln evro o'tkazib beradi.
Etiborli jihati, "aristokratlar" tarbiyalanuvchisi "Roma" tarixidagi eng qimmat xaridlardan biriga aylandi. U mazkur ro'yxatda faqat chexiyalik Patrik SHikdan orqada. Quyida "bo'rilar"ning top-10 xaridlari bilan tanishing.
o'yinchi | yosh | qachon? | klub | transfer narxi | |
---|---|---|---|---|---|
1 | Patrik SHik | 22 | 2018-19 | "Sampdoriya" | 42 mln evro |
2 | Temmi Abraxam | 23 | 2021-22 | "CHelsi" | 40 mln evro |
3 | Gabriel Batistuta | 31 | 2000-01 | "Fiorentina" | 36 mln evro |
4 | Antonio Kassano | 18 | 2001-02 | "Bari" | 31 mln evro |
5 | Leonardo Spinaccola | 26 | 2019-20 | "Yuventus" | 29,5 mln evro |
6 | Steven Nzonzi | 29 | 2018-19 | "Sevilya" | 26,65 mln evro |
7 | Vinchenso Montello | 25 | 1999-00 | "Sampdoriya" | 25,82 mln evro |
8 | Xaver Pastore | 29 | 2018-19 | PSJ | 24,7 mln evro |
9 | Xuan Iturbe | 21 | 2014-15 | "Verona" | 24,5 mln evro |
10 | Pau Lopes | 24 | 2019-20 | "Betis" | 23,5 mln evro |
Eslatib o'tamiz, "Roma" 3 avgust kuni hamyurtimiz Eldor SHomurodovni o'z safiga qo'shib olgandi. O'zbekistonlik futbolchining transferi Rim klubi uchun 17,5 mln evroga tushdi. U "bo'rilar" tarixidagi eng qimmat xaridlar reytingida 20-o'rinni band qilib turibdi.
Fikrlar