"Temiryo'lchilar" safida yangilar ko'rikdan o'tishmoqda
15 dek 2013 14:57
Yangiliklar

"Temiryo'lchilar" safida yangilar ko'rikdan o'tishmoqda
Osiyo CHempionlar Ligasi-2014 pley-off bahslaridagi ishtiroki tufayli mavsumoldi o'quv-mashg'ulotlar yig'iniga boshqa klublardan ertaroq kirishgan Lokomotiv klubi azolari shu kunlarda mashg'ulotlarga zo'r berishmoqda.
Bugundan mashg'ulotlarga temiryo'lchilarning yangi xaridi Anvar G'ofurov ham kelib qo'shildi. SHuningdek, bir muddat Qozog'istonning Astana klubi ko'rigida qatnashgan Islom To'xtaxo'jaev ham Lokomotiv mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda. Jarohati bois Mavsum-2013ning ikkinchi yarmini o'tkazib yuborgan Ignatiy Nesterov mashg'ulotlarda individual tarzda shug'ullanishni boshlab yuborgan. Uning qachon safga qaytishi esa yanvar oyida Germaniyaga borib nemis shifokorlari ko'rigidan o'tgach malum bo'ladi.
Darvoqe, jamoa mashg'ulotlarida bir qator yangi futbolchilar ham ko'rikdan o'tishmoqda. Bunga o'tgan mavsumni Neftchi safida o'tkazgan Eldor Isaboev, Olmaliq klubi sharafini himoya qilgan Roman Abdulov, Lokomotiv-BFK yarim himoyachisi Sarvarbek Safarov shular jumlasidan. Bundan tashqari mashg'ulotlarda yana ikki nafar xorijlik futbolchi ham ishtirok etishyapti. Ushbu futbolchilar mashg'ulotlarda o'zlarini har tomonlama ko'rsatishga harakat qilishadi. Mashg'ulotlar kuniga ikki maxaldan davom etmoqda.

Fikrlar