Telles "Manchester Yunayted"dan ketish haqida o'ylamoqda
05 apr 2021 01:02
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" himoyachisi Aleks Telles mavsum oxirida jamoani tark etish haqida o'ylamoqda, deya xabar berdi "Record". Futbolchi o'yin amaliyoti kamligidan norozi.
28 yoshli fulbek APL joriy mavsumida atigi 7 uchrashuv o'tkazdi. Manchesterda braziliyalikka Lyuk SHouning o'rnini bosuvchi shaxs sifatida qaraladi.
Oldinroq "Boka Xuniors" MYUning ikki futbolchisi (Romero va Kavani)ni tekinga qo'lga kiritmoqchi ekanligi haqida xabar tarqalgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar