So’nggi yangiliklar

23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  1 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  3 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди.  67 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  7 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:19"Астон Вилла" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  11 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  19 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  4 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1

Telegram bot. O'zbekiston - Yaman uchrashuvini qaerda ko'rasiz? Yangiliklar

Telegram bot. O'zbekiston - Yaman uchrashuvini qaerda ko'rasiz?

Kecha saytimiz Telegram kanaliga so'rovnoma qo'ygandik.

Xabaringiz bor, bugun JCH-2022 saralash bosqichidan o'rin olgan O'zbekiston - Yaman uchrashuvi bo'lib o'tadi. Bugungi o'yinda jamoamizni yangi murabbiy boshqaradi. Falastindan mag'lubiyatga uchralgach, Ektor Kuper istefoga chiqarildi va uning o'rniga Vadim Abramov bosh murabbiy etib tayinlandi. SHunday ekan, bugungi o'yinga qiziquvchilar ko'p. 

Kecha Telegram kanalimizga "O'zbekiston - Yaman uchrashuvini qaerda ko'rasiz?" degan so'rovnoma qo'ydik. O'tgan bir kun ichida so'rovnomada 12 mingga yaqin muxlis ishtirok etib hamma o'ziga maqul kelgan variantni tanlagan. 


51% Uyda (6048 ovoz) 

16% Ishxonada (1919 ovoz) 

14% Ko'ra olmayman, matnli kuzataman (1646 ovoz)

13% Stadionda (1548 ovoz)

4% Do'stlar davrasida (485 ovoz) 

2% CHoyxonada (291 ovoz) 


Ko'rib turganingizdek, eng ko'p ovozni "Uyda" variantini to'plagan. So'rovnomada ishtirok etgan 6048 muxlis (51%) bugungi o'yinni uyda ko'rishni maqul bilyapti. Endi ko'pchilik viloyatliklar poytaxtga kelib ketgandan ko'ra uyda tomosha qilishni afzal bilishlarini tushunsa bo'ladi. Bir tomondan achchiqqina ko'k choyni damlab televizor qarshisida yonboshlab futbol ko'rganga nima etsin. 

O'yin 17:00da boshlanadi. Bu esa ish vaqtiga to'g'ri keladi. SHunday ekan, har kimda ham stadionga kelish yoki uyga vaqtli ketish imkoni yo'q. SHu bois "Ishxonada" ko'raman varianti 1919 ovoz to'pladi. SHuningdek, bazilar bu paytda safarda yoki bo'lmasa ish bilan boshqa joyda bo'lishlari mumkin. Ular uchun esa eng maqul yo'l saytimiz orqali uchrashuvning matnli versiyasini kuzatish maqulroq. "Ko'ra olmayman, matnli kuzataman" variantiga 1646 ovoz kelib tushgan. 

1548 muxlis esa "Stadionda" variantini tanlagan. Bugun "Paxtakor" stadioni liq to'lmasa ham ko'plab muxlislar kelishini kutsa bo'ladi. Endi baribir futbolni stadionda jonli tomosha qilishga hech nima etmaydi. Harqalay milliy terma jamoa o'ynaganda muhit umuman boshqacha bo'ladi. 

485 kishi "Do'stlar davrasida" degan variantni tanlagan. Balki kimdir yaqin o'rtoqlari bilan biron joyda futbol ko'rishga kelishib olgan bo'lishi mumkin. Va nihoyat "CHoyxonada" varianti 291 ovoz to'plagan. Aksar ishqibozlar futbolni yig'ilib choyxonada ko'rishni afzal bilishadi. CHunki choyxonada gurung qiziydi. 

P.S. Hamyurtlarimiz o'yinni qaerda ko'rmasin, O'zbekiston milliy terma jamoasidan birinchi navbatda g'alaba kutib qolamiz. Bizga bugungi o'yinda g'alaba nihoyatda zarur. O'yinni yutaylik va 4 kundan so'ng Singapurga xushkayfiyatda yo'l olish nasib etsin.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика