Tebas: “Bir o'yinni deb butun taqvimni almashtira olmaymiz”
15 noy 2019 22:17
Yangiliklar
Tebas: “Bir o'yinni deb butun taqvimni almashtira olmaymiz”
La Liga prezidenti Xaver Tebas “Real” himoyachisi Serxio Ramosning “Barselona”- “Real” uchrashuvining boshlanish vaqti borasidagi etiroziga o'z munosabatini bildirdi.
Futbolchining fikricha, El klassiko oldidan “Barselona” futbolchilari “Real”ga nisbatan ko'proq dam olish imkoniyatiga ega bo'lisharkan.
“Agar “Real” Superkubok finaliga yo'l oladigan bo'lsa, ularga keyingi o'yingacha hordiq chiqarishlari uchun ko'p vaqt bo'lmaydi.
Bu kabi holatlar har bir chempionatda uchrab turadi. Biz bitta o'yinni deb, barcha jamoalar daqiqasigacha bir xil hordiq chiqarishi uchun butun boshli taqvimga o'zgartirish kirita olmaymiz. Bu xato ish bo'lardi”, deydi Tebas.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Бу ер Роналду Арабистони эмас". Саудиялик таниқли журналист Криштиануни танқид қилди
"Реал" собиқ футболчиси Мессини дунёнинг энг яхши футболчиси, Роналдуни эса иккинчи рақам деб атади
"Негрейра иши": Бош айбланувчи хотирасини йўқотмоқдами?
Туркия Кубоги. Файзуллаев ва Шомуродов гол урган баҳсда "Башакшеҳир" йирик ғалабага эришди
Fikrlar