Taxminlar. Terma jamoamiz azosi "Arsenal"dan yirik mag'lubiyat, Italiya kubogining "Yuventus"ga nasib qilishini kutyapti. Siz qanday fikrdasiz?
17 iyu 2020 22:05
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/574878_original.jpg)
![](/upload/storage/574878_220.jpg)
Taxminlar. Terma jamoamiz azosi "Arsenal"dan yirik mag'lubiyat, Italiya kubogining "Yuventus"ga nasib qilishini kutyapti. Siz qanday fikrdasiz?
Bugun Evropa maydonlarida bir qator muhim futbol bahslari o'tkaziladi. Jumladan, "Manchester Siti" va "Arsenal" klublari APL 29-turining qoldirilgan o'yinida ishtirok etishsa, Rimda Italiya kubogining finali o'tkaziladi.
O'zbekiston milliy terma jamoasining asosiy posboni Eldorbek Suyunovning ushbu uchrashuvlar haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.
Toshkentning "Paxtakor" klubi darvozaboni Manchesterdagi ustoz-shogird to'qnashuvida Gvardiola Artetaga chin manoda master-klass o'tib berishiga ishonyapti. Eldorning fikricha, Rimdagi o'yinda "Napoli" "Yuventus"ga jiddiy qarshilik ko'rsatishi mumkin, ammo yakunda tajriba o'z so'zini aytadi.
Suyunovning taxminlari:
"Manchester Siti" 4:1 "Arsenal"
"Napoli" 1:3 "Yuventus"
Qadrli muxlis, siz qanday fikrdasiz? Bugungi uchrashuvlardan qanday natijalarni kutyapsiz?
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar