So’nggi yangiliklar

08:53«Арсенал» январда учта футболчисини сотиб юбормоқчи  0 08:21Про лига. Бугун Бухорога катта футбол қайтади  1 07:45Суперлига. Чемпионлар Фарғонага сафар қилади. «Қизилқум» эса яна бир водий жамоасини меҳмон қилади  1 01:55Роберт Левандовски: "2020 йил "Олтин тўп" топширилмаганини ҳеч тушунмайман"  5 01:24"FourFourTwo" ЕЧЛ финалларида урилган энг чиройли голлар рейтингини тузди  9 01:08Расман: Пеп Гвардиола "Манчестер Сити" билан шартномасини узайтирди  0 00:41Эрлинг Холанд: "Гвардиола энг яхши мураббий, балки тарихдаги энг зўридир"  1 00:14"Челси"нинг "биллур" футболчиси яна сафдан чиқди  2 23:43Нодир Абдураззоқов: "Энди мавсумни чиройли якунлашимиз ва оғзимиздаги ошни олдириб қўймаслигимиз керак"  5 23:19Хави "Интер Майами" бош мураббийи бўладими? Инсайдерлар маълумот беришди  0 22:49АПЛ клублари сўнгги 10 йилликда трансферлар учун қанча ишлатишди?  1 22:22"Ювентус"га "Челси" футболчиси керак  0 21:57Нико Уильямс болалигидаги кумирлари ким бўлганини айтди  12 21:34Максим Шацких: "Черан, Собирхўжаев борасидаги саволлар менга берилмасин. Бу мавзу ёпилган"  25 20:57Миржалол Қосимов: "Натижадан ҳам ўйиндан ҳам қониқдим"  3

Tavsiya qilamiz. Robin van Persidan ajoyib katta intervyu Yangiliklar

Tavsiya qilamiz. Robin van Persidan ajoyib katta intervyu

Barchamiz biroz g'alati kunlarni boshimizdan o'tkazayotgan paytda "Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Robin van Persi bilan suhbatlashamiz.

Fevral oyining ohirlarida "qizil iblislar" va Niderlandiya termasi sobiq futbolchisi Rotterdamdagi Panenka kafesida ko'rinish berdi.

Oddiygina kiyinib olgan Robin kafega tabbasum-la tashrif buyurdi. Van Persi ham tezlik bilan kofeni ichib, katta intervyuga tayyorgarlik ko'rdi. Dastlab u "Manchester Yunayted"dagi hayoti haqida gapirdi. Ser Aleks boshchiligida jamoada o'tkazgan ilk mavsumini u qayta dunyoga kelishiga qiyosladi.

- Agentingiz Sizga: "Robin, senga "Manchester Yunayted"dan qiziqishlar bor", deganida ichingizda qanday hissiyotlar o'tdi?
- Oldimda yana 2 variant bor edi - "Yuventus" va "Manchester Siti". SHunday pallada siz doimo takliflarning ijobiy va salbiy tomonlarini ko'rib chiqasiz. Biroq menda "Manchester Yunayted" va Ser Aleks Fergyuson borasida doimo ijobiy xotiralar bor edi. Tarkibga ahamiyat bersangiz, tarkibda Vidich, Ferdinand, Giggz, Kerrik kabi ajoyib va g'oliblik, jangovorlik hissi yuqori futbolchilarni ko'rishingiz mumkin.

"Patris Evra haqiqiy etakchi edi. 2 yil davomida uning to'g'risida o'tirganman. Uning maqsadi - g'oliblik va doimo jamoadoshlariga pozitiv energiya berish..."

Bunday futbolchilar bilan o'ynash men uchun fahr bo'lgan. Undan tashqari, jamoaga kirib kelgan ilk davrlarimni ham eslayman. 8 yil davomida "Arsenal" tarkibida o'ynab, ularga ko'p bora raqib sifatida o'ynagan bo'lsam-da, meni tezda qabul qilishdi. Yuqorida men ismlari aytgan futbolchilar esa "Yunayted" mening uyimdek bo'lishi uchun qattiq intilishdi. Garchi "Arsenal"dan "Yunayted"ga yosh futbolchi sifatida o'tmagan bo'lsam-da, oldimga katta majburiyatlar qo'yilgandi. 2012 yili "Manchester Yunayted" tarkibiga qo'shilgandim, jamoadagi eng tajribali futbolchilardan bo'lmaganligim uchun o'z o'yinim va jamoamga yordamimga katta etibor berishim kerak edi. Har bir jamoada etakchi futbolchilar bor. Manchesterda Pol Skoulz, Rayan Giggz, Maykl Karrik, Nemanya Vidich, Rio Ferdinand kabilar jamoaning boshliqlari bo'lishgan. Maydon va maydondan tashqaridagi barcha ishlarni ular nazorat qilishardi.

- "Manchester Yunayted"da qanday ko'nikmalarga ega bo'ldingiz, Ser Aleksning hayoti va Siz aytgan 5 futbolchi haqida o'zingizdan eshitsak...
- Ha, bunday ajoyib, barcha narsani yuta olishi mumkin bo'lgan kollektivning bir bo'lagi bo'lish ham yoqimli. Ular Evropa chempionlar ligasini, Angliya Premer-ligasini yutishgan. 2 yil davomida ular bilan faoliyat olib bordim. Jamoaning g'oliblik maqsadi umuman o'zgarmaydi. Manchesterga o'tish esa oynani ko'tarib yurishdek gap, buni sindirib qo'ymaslik kerak. Mashg'ulotdagi intensivlik yuqori darajada. Hattoki engil mashg'ulotlarda ham yigitlar yurakdan ishlashardi, g'oliblik hissi yuqori edi. Mashg'ulotda ikkiga besh holatda ham o'sha 2 kishi yutqazib qo'ymasligi kerak. Ular doimo bir-birini oldinga etaklar va rivojlantirishga intilishardi, bu esa menga juda ham yoqardi. Ushbu futbolchilar mening o'zimni ko'rsatishimda ham katta ko'mak berishgan.

"Giggz eng zo'r futbolchilardan biri edi, ko'p yugurardi va katta masuliyatni bo'yniga olardi. U 39 yoshda! U yoga bilan shug'ullanardi va futbolsiz yashay olmasdi"

"Arsenal"ga ilk o'tgan kunimda ham shunday hissiyotlar meni kezib yurardi. U erga yosh futbolchi bo'lib borganman. Bergkampning o'yinlarini ko'rib: "Ux! Ajoyib!". Bunaqasini ham ko'rmaganman. Terri Anri, Rober Pires, Freddi Yungberglar haqida ham shunday deya olaman. 8 yil davomida katta tajriba oldim va Ser Aleksning nazariga tushdim. Pol Skoulzning o'yinlarini ko'rib, uni mahluqqa o'xshatardim. "Bunday sifatli o'yinni hali ko'rmaganman"... Rayan Giggz esa o'yin davomida to'pni barmog'i bilan ko'rsatgan joyiga tepib tashlab bera olardi, mo'jiza! Ularni mashg'ulotda ko'rish juda ham qiziqarli bo'lgan. Istalgan futbolchi o'z darajasidagi klubga o'tadi. Ser Aleks boshchiligidagi "Manchester Yunayted"da  esa aqlbovar qilmas kuch bor edi.

- Kimning o'yinlarini ko'proq maqtaysiz?
- (Kuladi) Bunga javob berish juda ham qiyin. CHunki tarkibning deyarli barcha futbolchilari o'zlarining konkret vazifalarini bajarishardi va o'zgacha uslubga ega edilar. Barcha futbolchilar kuchli bo'lgan, chunki klub ichidagi tabiyat doimo toza bo'lgan va o'z hamma o'z doirasini bilgan. Vidich doimo metin boshini kurash bor joyga olib borardi. G'alaba uchun barchasiga tayyor edi. Ferdinand esa boshqacharoq o'ynardi, to'pga yaqinroq, havodagi kurashlarda mag'lub bo'lmas va uzun paslarni ajoyib tarzda amalga oshirardi.

"Fergyuson shunday derdi: "Yaxshi yigitlar. Agar chempionatni yutmasangiz, mana shu ikki ahmoq aybdor bo'ladi"

G'alabaga o'ch va tashna yuraklar... Giggz o'z o'yinlari bilan doimo yorqin taassurot qoldirar va sheriklarini qulay vaziyatga chiqaraverardi. Runi o'z uslubi bilan barchani xayron qoldidardi, u raqiblariga bosim o'tkazish uchun har doim yuqori kayfiyatda bo'lardi. Patris Evra o'yin vaqtida futbolchilarning kayfiyatini ko'tarish uchun baland va chiroyli gapirardi. Ha, uning so'nggi paytlardagi videolarini ko'p ko'ryapman. Biroq Evraning professionalligi va super aqlli yigit ekanligiga shubha qilmayman. U 5 tilda gaplasha oladi, shuningdek, koreys tilini ham biladi. Uning tashqi hususiyatlari ham qanchalik darajada professionalligini ko'rsatadi.

- Rayan Giggzning professionalligini ko'p bora aytdingiz. Biroq u doim ham unday bo'lmagan. Bir bayramda u Li SHarp bilan urushib qolgan va o'zgargan.
- Ser Aleks futbolchilarga qaysi paytda bosim o'tkazish, qaysi paytda tartib-intizomni tushuntirib qo'yishni yaxshi bilgan.

"Biz kecha tashkil qildik, Fergyuson esa oldimizga rasmlarni otdi: tungi soat 2, 3, mana 4 ham bo'ldi. Uning barcha gaplarini eshitib o'tirdik"

Ilk mavsumimda barchadan 15 ochko oldinda edik va sovrinni yutish uchun "Manchester Siti"ga qarshi bahs olib borishimiz kerak edi. Agarda yutganimizda oradagi farqni 18 ochkogacha etkazib olardik, ammo mag'lub bo'ldik. Oradagi farq 12 ochkoni tashkil qilayotgandi. Ko'pchilik murabbiylar bunday pallada katta tashvish qilmaydi. Biroq Fergi anchagina asabiylashayotgandi. U yonayotgandi. O'yindan keyingi kuni Fergyuson devorga ikki futbolchining ko'chada aylanib yurgan rasmlarini ildi. "Yigitlar, chempionatni yuta olmasak, shu ikki futbolchi aybdor bo'ladi", - dedi u.

- Ularning ism-sharifini ayta olasizmi?
- Ha, bilaman, lekin to'g'risi ayta olmayman (kuladi). G'alati hodisa bo'lgandi. Biz kecha tashkil qildik. Biroq Fergyuson kelib, ularning rasmlarini tashlab, tungi soat 2, 3, 4ga qadar sassiq gaplar gapirgan. U maqsadiga erisha olmagandi, shu boisdan jahli chiqayotgandi. "CHempionatni yuta olmayotganimiz sababi ularning ko'chada o'yinqaroqlik qilib yurgani bo'ladi. Agarda shu ondan boshlab, ko'chada yana kimnidir shunday ishlarni qilib yurganini ko'rsam, sovrinni qo'liga ham ushlatmayman"

"Ko'plab futbolchilar Fergyusondan qo'rqishardi. Biroq Fergi o'zidan qo'rqqan futbolchilarga mehribonroq bo'lardi. Agarda uning bir jahli chiqsa, bir haftada ham o'ziga kelmasdi"

U shavqatsiz inson edi. "Menga sening kimliging ham, qanday sovrin yutganing ham qiziq emas". Agarda siz ilk raunddan o'tishingiz kerak bo'lgan bitiruvchi bo'lsangiz, bundan o'tasiz. Biroq keyingi bosqichda siz eng og'ir sessiyalarni, mashg'ulotlarni boshlaysiz. 12 ochko - katta farq. Keyinchalik "Vest Xem" va "Stok"ka qarshi o'yinlardan keyin peshanadagi terni artish uchun vaqt bo'ldi. Aytmoqchimanki, murabbiy bosim beriladigan vaqtni his qilishi kerak. Ser Aleks esa zerikarli o'tgan mavsumni shu tariqa yondirgandi.

- Toni Blerning aytishiga ko'ra, Ser Aleks istalgan klubda yuqori natijalarga erisha olishi mumkin edi...
- Bu fikrga qo'shilaman. U maydonda o'ynaydigan 27 millionerning qalbini yondira oladigan gaplarni topa olardi. Ha, o'sha 27 futbolchining barchasi eng yaxshisi ekanligini va boshqalardan bir bosh ustun bo'lganini yurak-yurakdan his qilgan. Qanday qilib buni uddalagan ekan-a?!

"Odamlar sening g'oyangni yaxshi tushunib olishi kerak. Ser Aleks esa barchasini to'g'ri tushuntira olgan"

27 futbolchining deyarli barchasi eng zo'ri bo'lgan. Mavsum davomida u yigitchilikda bo'lib turadigan doimiy menejmentni o'tkazgan va barchani xursand qilib, ishtiyoq bergan. U barchani bir nuqtada ushlab turgan. Ayrim futbolchilar undan qo'rqardi. Buni sezgan Ser Aleks esa futbolchilarni ajoyib tarzda bo'shashtira olardi. Ertasi kuni hali ham jahl otidan tushmagan bo'lsa, juda ham jiddiy bo'lib olardi. U sabzi va buyumlar yordamida jonglyor qila oladigan ajoyib murabbiy bo'lgan. U qachon qatiy yoki qatiyroq bo'lishni, qachon futbolchini quchoqlab, ovuntira olishni bilgan.

- U bilan gaplashgan ilk kuningizni eslay olasizmi? Brayan Laudrup 1998 yilda "CHelsi"ga og'zaki kelishuv berganidan keyin Fergyuson unga qarab: "Men boshqa joyda edim, siz "Manchester Yunayted"ga o'tdingizmi?", - deb so'ragan ekan.
- Huddi Brayan kabi yaxshi eslayman: ajoyib suhbat bo'lgan. U mening "Manchester Yunayted"dagi vazifalarimni tushuntirib bergan, barchasi ilk gaplardayoq tushunarli bo'lgan. U meni jamoada qanday o'yinchi sifatida ko'rishini va nimalarni kutayotganini yaxshilab miyamga quygan. Rahbar yoki sardor bo'lishidan qatiy nazar siz o'zingizni yaxshi tutishingiz kerak. Odamlar sizning g'oyangizni tushuna olishi lozim. Ser Aleks esa barchasini to'g'ri tushuntira olardi.

"Ser Aleks istefoga chiqishini aytganida barcha muxlislar "Yunayted"ga og'ir bo'lishini kutgandi. Bu ham xuddi Arsen Vengerning "Arsenal"dan ketishiga o'xshaydi"

- U 2013 yilda istefoga chiqqanidan keyin nimalar o'zgardi?
- Bo'shliq... Hattoki Giggz ham faoliyatini yakunlashi borasida bir to'xtamga kela olmay qoldi. Skoulz ham Ferdinand ham uning ketishiga ko'nika olmadi. CHunki tomonlar necha yillar davomida birga ishlashgandi.

"Manchester Yunayted" ham "Arsenal" bilan bir hil holatda. Ikki jamoa ham to'xtab qolgan"

Jamoaga o'tayotganimda Ser Aleksga savollar berganman: "Rejalaringiz qanday? Yana qancha ishlaysiz? U esa kamida 3 mavsum yana ishlashga tayyorligini aytgandi. SHu boisdan "Manchester Yunayted"ga o'tgandim. Bu hayot, murabbiylar keladi, ketadi, futbolchilar ham jamoalarini o'zgartiradi... Har qanday holatda ham biz oldinga qarab intilishimiz kerak. Ser Aleks istefoga chiqishini aytganida barcha muxlislar "Yunayted"ga og'ir bo'lishini kutgandi. Bu ham xuddi Arsen Vengerning "Arsenal"dan ketishiga o'xshaydi. Agarda bir inson bir klubdagi katta bir hayotini hayotga muhrlasa, undan keyingi varoqda albatta bir bo'shliq yuzaga keladi. Klub va futbolchilar esa o'zlariga kelib olishi uchun vaqt kerak bo'ladi.

- Fakt shundaki, Fergyuson ketganidan keyin "Manchester Yunayted" yuqori natijalarga erisha olmadi va hali ham katta kamchiliklarga ega.
- SHunday. MYU kabi klub uchun murabbiylarni doimo almashtirish ham noideal ish. Har bir yangi murabbiy o'zining yangicha falsafasini olib kiradi, yangi futbolchilar ko'payadi, o'z odamlarini olib keladi. Bular esa vazifani qiyinlashtiradi.

"Manchester Yunayted"ning hozirgi vazifasi esa Sulsherning o'z falsafasini jamoaga singdirishi bo'lmoqda. Ha, uning o'zgacha uslubi bor.

Fergyuson bor vaqtida "Manchester Yunayted"da barqarorlik bor edi. Agarda jamoa oldingi holatiga qaytishini istashsa, Sulsherga vaqt va imkoniyat berilishi kerak. Har 2 yilda murabbiyni o'zgartirish esa vazifalarga erishishni qiyinlashtiraveradi. Fergyusonning "Manchester Yunayted"dagi ilk yillari anchagina og'ir o'tgan. Hozir esa klub "Liverpul" kabi bir tarkibni ushlab qolishni o'rganishi kerak. Ayni damda "Liverpul" va "Manchester Siti" "qizil iblislar"dan bir-ikki qadam oldinda. Nimaga? CHunki ularning kollektivi anchagina qadrdon bo'lib qoldi va loyiha ham uzoq yillik. "Manchester Yunayted" esa "Arsenal" bilan bir xil holatda, ular loyihani o'zgartirishlari kerak. Menimcha, "kanonirlar" Arteta bilan birgalikda yangi hayotni boshlay olishadi. CHunki Mikel "Arsenal" kiyinish xonasi holatini yaxshi biladi.

- Balki "Manchester Yunayted" biznes-markaziga aylanib qolgandir?
- Fergyuson davrida klubning ijtimoiy tarmoqlariga katta etibor qaratilmasdi. U ketganidan keyin moliyaviy aspekt bo'yicha ko'proq ishlandi. Fergining ketishi klubning shu boradagi ishini o'zgartirdi. Klubda homiylar ko'paydi va ular transferlar uchun pul ajrata boshlashdi. Maoshlar ham oshdi.

"70 ming inson stadionda sening ismingni qo'shiq qilib aytishi - fantastik hissiyot"

Oradan 5-6 yillar o'tdi, futbol esa boshqacha rivojlanish yo'lidan ketdi. "Liverpul" bilan solishtiradigan bo'lsak, u olib kelgan futbolchilar klub marketingi, loyihasi va asosiysi Kloppning taktikasiga mos tushadi. "Manchester Yunayted"da esa yulduzlarni jamoaga olib kelib, uning atrofida o'yinni tashkillashtirishni istashmoqda. Bu ham yomon emas. Biroq havfli. O'sha etakchi jarohat olib, safdan chiqqan taqdirda, jamoaning izchilligi yo'qoladi. Solishtiradigan bo'lsak, "Liverpul"ning kollektivlik o'yini "Yunayted"nikidan yuqori. Jamoani futbolchi emas maqsad birlashtirib turishi kerak. "Manchester Yunayted"ning hozirgi vazifasi Sulsherning o'z falsafasini jamoaga singdirishi bo'lmoqda. Ha, uning o'zgacha uslubi bor.

- "Manchester Yunayted"da 3 yil davomida darvozabon bo'lishga rozi bo'larmidingiz? Bolaligimda Ruud van Nistelroyning gollarini va "Old Trafford" "Ruud, Ruud, Ruud", deb baqirayotganini ko'rganman. Uning MYU libosidagi o'yinlarini ko'rganmisiz?
- Ha, bu ajoyib hissiyot. Muxlislar bilan munosabatimiz ajoyib bo'lgan.

"Fergyuson doimo: "Havotir olmang, u qaytadi", derdi"

Gol urganimda ular mening ismimni aytib, qo'shiq kuylashardi. Ruud va "Old Trafford" o'rtasidagi bu munosabatni tasvirlash juda qiyin. Ular sizga kuch beradi, siz esa ular uchun joningizni qurbon qilishingiz shart. "Liverpul" yoki ECHL doirasidagi o'yinlarda muxlislar doimo raqiblarga katta bosim beradi. 70000 inson sening ismingni qo'shiq qilib kuylashi - ajoyib hissiyot.

- Ilk mavsumingizda 2 oy davomida gol ura olmagandingiz...
- Bu juda og'ir dam edi. KPRga qarshi o'yindagi jarohatdan keyin belimda og'riqlar paydo bo'la boshladi. Bahona qilmayman, og'riq qoldiruvchi vositalar yordamida o'yinlarda qatnashganman.

"Arsenal"da barcha bir oila bo'lishi shart edi"

Hattoki ko'cha futbolida ham gol ura olmay qolgandim. Paradoksni qarangki, "Stok"ka qarshi o'yindan keyin barchasi o'zgarib ketdi. Bir qancha vaqt davomida o'zimda kamchiliklar sezdim va o'zimga ishonmay ham qolgandim. O'shanda Fergyuson doimo: "Havotir olmanglar, u qaytadi", derdi. U menga bosim o'tkazmagan. Navbatdagi golimdan keyin ichimdagi olov qaytdi.

- "Manchester Yunayted"dagi 3 mavsumingiz davomida siz faqatgina klub emas, butun bir shahar uchun o'ynagandek bo'ldingizmi?
- Men gigant klubga, o'z shahri, davlatidan tashqarida ham muxlislari ko'p bo'lgan klubga o'tganimni bilgandim. Osiyo yoki Avstraliyada bo'ladigan turnelarda buni yaxshigina ko'rib olganman. Bunday klublarda ikki tomonlama yaxshi ko'rinish kerak. Agarda g'alabaga erishaversang, hayoting yaxshi bo'ladi, oldingda chegara bo'lmaydi. Agarda mag'lub bo'laversang, qo'ling kaltalashadi. "Arsenal"da barchamiz bir oila bo'lishimiz shart edi. Natijalar bo'lmasa, ular sizga ruhiy tomonlama quvvat berishni boshlashadi. "Manchester Yunayted" esa barcha o'z aravasini o'z tortishi shart. Bu ham o'ziga hos yaxshi yo'nalish.

Robin van Persi, 2020 yil 26 fevral

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика