So’nggi yangiliklar

18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  3 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  1 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  2 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  3 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  10 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2

Tartib-intizom qo'mitasi qarorlari. "Turon" murabbiyi va klub prezidenti jazolandi Yangiliklar

Tartib-intizom qo'mitasi qarorlari. "Turon" murabbiyi va klub prezidenti jazolandi

O'zbekiston futbol associaciyasi tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unga ko'ra, bir necha rasmiylarga nisbatan intizomiy choralar qo'llanildi.

O'zbekiston Futzal Oliy ligasining 13-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” – “AGMK” uchrashuvida “AGMK” futbolchisi Ilxomjon Xamroev raqibiga zarba berishga uringanligi va tajovuzkor xatti-harakatlarni amalga oshirganligi uchun unga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish hamda jarima intizom chorasi belgilandi.

O'zbekiston Superligasi 1-turi doirasidagi “Bunyodkor” – “Mashal” uchrashuvida “Mashal” futbolchisi Muhammad Yuldashev uchrashuvda oyoq kiyimining tag qismi bilan raqib jamoasi futbolchining ko'krak qismiga tepgani uchun 2 ta o'yinga chetlashtirildi.

O'zbekiston Superligasi 2-turi doirasida “Turon” klubi murabbiyi Islombek Ismoilov “So'g'diyona” klubiga qarshi bahsdan keyingi rasmiy flesh-intervyu chog'ida so'kingan holda, etika normalarini buzganligi uchun Tartib-intizom qo'mitasi unga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish intizomiy chorasini belgiladi. “Turon” klubi prezidenti Abduvahob Ahmadaliev “So'g'diyona” klubiga qarshi bahsdan keyingi flesh-intervyu chog'ida o'z fikrlarini qo'pol tarzda bildirgani uchun Tartib-intizom qo'mitasi unga nisbatan jarima intizomiy chorasini belgiladi.

O'zbekiston “U-21” birinchiligi 1-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari U-21” – “So'g'diyona U-21” uchrashuvida “Navbahor lochinlari U-21” futbolchisi Islomjon Abdullahonov va “So'g'diyona U-21” futbolchisi Nodirbek Qo'yboqov o'yin rasmiylariga xaqoratli so'zlar ishlatgani uchun ularga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi ko'rildi. SHuningdek, mazkur bahsda “So'g'diyona U-21” bosh murabbiyi Rasul Xaitov o'zini nazorat qila olmay, maydonga tushib, raqib jamoasi va o'z jamoasi shaniga xaqoratli so'zlar ishlatgani uchun unga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish hamda jarima intizom chorasi belgilandi.


Video. "Turon" klubi prezidenti Abduvahob Ahmadaliev: "Qachonki halollik bo'lsa, keyin O'zbekiston JCHga chiqadi, ungacha orzu ham qilmanglar"        

Video. Buni ko'rish shart! "Turon" ustozi Islom Ismoilov "portladi": "Qachongacha??? SHumi adolat?!! Meni butun umrga futboldan olib tashlasa ham mayli!"          

Reyting: -167   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика