Tarixdagi eng kulgili transfer
07 avg 2021 01:45
Yangiliklar
Tarixdagi eng kulgili transfer
Eldor SHomurodovning dastlab Genuya, endi Rimga ko'chib o'tgani futbolimiz uchun katta voqealikka aylandi. Asrimiz avvalida yapon yoki koreys o'yinchilarining A Seriyaga yo'l olishi ham shunday kutib olinardi.
Eldor Salohning natijasini yangilaydimi?
Masalan, 1998 yilda 21 yoshli Hidetoshi Nakatani xarid qilgan "Peruja" 2000 yilning qishida uni "Roma"ga juda katta mablag' evaziga sotdi (21,7 mln evro).

SHundan keyin jamoa rahbariyatida osiyolik futbolchilarga nisbatan qiziqish ortdi. Va darhol xitoylik Ma Minyuy hamda koreyalik An Jun-Xvan transfer qilindi. Bugungi hikoyamizning bosh qahramoni chinlik o'yinchi hisoblanadi.

Fakt: Ma Minyuy O'zbekiston terma jamoasiga qarshi 3 bor maydonga chiqqan. 1998 yilning 8 iyulida o'tkazilgan o'rtoqlik o'yinida milliy jamoamiz postini ishg'ol qilgan edi. Mazkur futbolchi 2002 yilgi mundialda o'z jamoasini sardor sifatida olg'a boshlagan.
Biroq, Xitoy termasi yarim himoyachisi "Peruja" uchun Nakatadek omadli xaridga aylanmadi. Hattoki, tarixdagi eng kulgili transferlar qatoriga qo'shildi. Gap shundaki, u klubda o'tkazgan 1 yili davomida Italiya chempionatida 1 daqiqa ham o'yin amaliyoti ola bilmadi.

Keyinchalik mazkur transfer tarixi malum bo'ldi. "Peruja" bosh murabbiyi Serse Kosmi aslida xitoylik boshqa bir o'yinchi Li Teni (keyinchalik "Everton"da o'ynagan) olib kelmoqchi bo'lgan. Mutaxassis chehralar o'xshashligi va xitoycha nomlarning talaffuzi qiyinligi tufayli rahbariyatga sotib olinadigan o'yinchining raqamini aytadi. SHu erda chalkashlik paydo bo'ladi va Li Te emas, Ma Minyuy transfer qilinadi. Eng qizig'i, italyan klubi tarkibida bu xatolikni hech kim payqamaydi. Faqatgina bosh murabbiy xitoylik futbolchining o'rtoqlik o'yinidagi harakatlaridan keyin anlashilmovchilik yuzaga kelganini payqaydi. Biroq, endi kech edi...
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хитойдан енгилди ва мусобақа билан хайрлашди
Нани: "Роналдунинг 1000 та гол уриши осон. У бунинг учун керак бўлса энг кучсиз лигага кетади. Унга ҳужжатлаштирилган 1000 та гол керак - Пеле ва Ромарио каби урилган эмас”
Ла Лига. "Реал" ўз майдонида "Леванте"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Идеал дебют: Кэррикнинг илк ўйинида "Манчестер Юнайтед" "Манчестер Сити"га ҳеч қандай имконият қолдирмади
Fikrlar