So’nggi yangiliklar

07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  0 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  5 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  6 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  60 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  7 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1

Tarixda bugun: SHomurodov, Hamdamov, SHukurov va Satosi bor "Bunyodkor" OCHLda gol urolmay engilgan o'yin Yangiliklar

Tarixda bugun: SHomurodov, Hamdamov, SHukurov va Satosi bor "Bunyodkor" OCHLda gol urolmay engilgan o'yin

Deyarli butun dunyoda futbol uchrashuvlari vaqtincha to'xtatilgani sabab o'quvchilarimizni zeriktirib qo'ymaslik maqsadida "Tarixda bugun" ruknini etiboringizga havola etib kelayapmiz.

Foto Tarixda bugun: 19 yoshli Krimecning 88-daqiqadagi goli "Paxtakor"ga OCHLda g'alaba keltirgan o'yin

Bugun Osiyo CHempionlar ligasining yaqin o'tmishiga suratlar yordamida sayoxat qilamiz. Umid qilamiz, o'quvchilarimiz tarixiy kadrlarni tomosha qilib zerikib qolishmaydi.

OCHL-2016 doirasida Toshkentda o'tkazilgan uchrashuvga to'xtalamiz. Musobaqaning "B" guruhidan joy olgan "Bunyodkor" "Al Nasr" (S.Arabistoni), "Zobahan" (Eron) va "Lahviya" (Qatar) jamoalari bilan pley-off yo'llanmasi uchun kurash olib borgan. Afsuski, o'shanda Sergey Lushan boshchiligidagi "qaldirg'ochlar" guruhda bor yo'g'i 3 ochko bilan so'nggi pog'onani egallashgan. Eng achinarlisi esa "Bunyodkor" 2015 va 2016 yillarda OCHLni o'z maydonida birorta ham gol ura olmasdan tark etgan.

OCHL. "Bunyodkor" ketma-ket ikkinchi mavsum o'z maydonidagi o'yinlarda gol ura olmadi

OCHL-2016 guruh bosqichining 5-turida "Bunyodkor" o'z maydonida "Lahviya"ni qabul qilgan. Afsuski, bir qarashda yaxshi tarkibga ega mezbonlar 0:2 hisobida mag'lub bo'lishgan.

OCHL, "B" guruhi
5-tur
, 20.04.2016
Toshkent, "Bunyodkor" stadioni, 3017 tomoshabin
"Bunyodkor" - "Lahviya" 0:2
Hakamlar:
Krishanta Dilan Perera, Priyanga Namal, Parakkrama Xematunga (barchasi – SHri-Lanka).
Gollar: Karim Budiaf 65, Muhammad Muntari 79.

"Bunyodkor": 25.Murodjon Zuhurov, 2.Akmal SHorahmedov, 3.Akrom Komilov, 8.Javlon Ibrohimov, 9.Sato Minori, 10.Eldor SHomurodov, 14.Bahodir Nasimov (11.SHahzodbek Nurmatov, 46), 17.Dostonbek Hamdamov (19.Zabihillo O'rinboev, 78), 22.Rustam Ashurmatov, 29.Otabek SHukurov (7.SHaker Zuagi, 69), 30.Yurica Bulyat.
Zaxira: 45.Akbar To'raev, 6.Anvar G'ofurov, 16.Dilshodbek Ahmadaliev, 71.Aleksandr Alempievich.

"Lahviya": 40.Amin Lekomt, 2.Musa, 3.Ahmad Yosir Abdulrahmon, 7.Xolid Mufta, 10.Nam Tae Xi, 11.Muhammad Muntari, 12.Karim Budiaf, 14.Muhammad Tresor, 20.Ali Hassan Afif (28.Yusuf Msakni, 56), 23.Ahmad El Sayid, 70.Ismoil Muhammad (8.Luiz Junior, 86).
Zaxira: 90.Ivanildo, 15.Dioko Kaliyutika, 18.Ahmad Al Sadi, 24.Xolid Radvan, 39.Talal Said Al Qahtoni.

Ogohlantirishlar: B.Nasimov 45, R.Ashurmatov 90+4 - M.Tresor 28, M.Muntari 79, A.Alsaid 90.

Uchrashuv payti yomg'ir yog'ib turgandi.


"Lahviya"ning boshlang'ich tarkibi.


Oradan 4 yil o'tdi, o'sha kuni asosiy tarkibda tushganlardan hech kim bugunda "Bunyodkor"da emas.


"Bunyodkor" bosh direktori Baxtiyor Boboev hamda bosh murabbiy Sergey Lushan.


"Lahviya" bosh murabbiyi Jamol Belmadi Holid Muftaga o'yindan oldin so'nggi ko'rsatmalarni bermoqda.


2016 yilning 16 aprel kuni OFK sobiq bosh kotibi Datuk Seri Paul Moni Samuel vafot etgandi. Ushbu inson xotirasi uchun 1 daqiqa sukut saqlanmoqda.


"Bunyodkor" sardori Akmal SHorahmedov.


Karim Budiaf Eldor SHomurodovdan to'pni olib qo'yishga urinmoqda.


Keyinchalik BAAning "SHarja" klubiga o'tgan va amirliklar chempioni bo'lgan Otabek SHukurov.


Nam Tae Xi OCHL-2016da ikkita to'p kiritgandi.


Yurica Bulyat.


U paytlar "Bunyodkor"da chap qanot vingeri bo'lib o'ynagan SHomurodov CHempionlar ligasi-2016 guruh bosqichida gol ura olmagan. Lekin, 6-turda "Lahviya" maydonida o'tgan bahs (0:0)da va OCHL-2016 guruh bosqichiga chiqish uchun pley-off o'yinida "Al SHabab" (BAA)ga qarshi uchrashuvda eng yaxshi o'yinchi deb topilgan. Pley-off bahsida Eldor dubl qayd etgandi.


Javlon Ibrohimov va o'sha kuni hisobni ochgan Karim Budiaf.


Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика