So’nggi yangiliklar

13:56Майк Меньян АПЛ гранди сафига ўтишга яқин  1 13:25Ўзбекистон ЖЧда! Қувончли лаҳзалардан ФОТОГАЛЕРЕЯ  7 13:02Жоау Феликс собиқ клубига қайтмоқчи  1 12:30Ўзбекистон – Қатар ўйинини хитойлик ҳакамлар бошқариб боради  16 12:02ПСЖ "Бавария"дан 50 млн еврога ўйинчи харид қилиши мумкин  0 11:25Роналдуга КЖЧ иштирокчиси сафига ўтиш таклиф қилинди  11 11:00“Фенербахче“ ТОП трансфер амалга ошириши мумкин  1 10:35“Арсенал“ дунёнинг энг қиммат дарвозабонини сотиб олишга яқин  0 10:13БМБ иккита легионери билан хайрлашди  0 09:48Неймар коронавирус юқтириб олди  6 09:22Олимпия терма жамоамиз Қирғиз Республикасига қарши ўртоқлик учрашувида майдонга тушади  8 08:53Қатар терма жамоаси бугун Тошкентга келади  19 08:26Нодир Элибоев БМБ мураббийлигидан кетди, унинг ўрнига футзалимиз афсоналаридан бири бош мураббий бўлди  2 08:00Назорат учрашуви. “Нефтчи“ “Нефтчи“ билан дуранг ўйнади  4 07:37U-18 терма жамоамиз Беларусга ўта йирик ҳисобда мағлуб бўлди  16

Tarixda bugun: Rivaldo sardorligidagi yulduzli "Bunyodkor", ulkan bayroq va ajoyib muxlislar Yangiliklar

Tarixda bugun: Rivaldo sardorligidagi yulduzli "Bunyodkor", ulkan bayroq va ajoyib muxlislar

Deyarli butun dunyoda futbol uchrashuvlari vaqtincha to'xtatilgani sabab o'quvchilarimizni zeriktirib qo'ymaslik maqsadida "Tarixda bugun" rukniga qo'l urgandik.

Foto Tarixda bugun: Penaltini urolmagan Isma, asabiy SHota va Kozak, Baqoevdan emojibop emociyalar. "Buxoro" "Paxtakor"ni mag'lub etgan bahsdan ajoyib kadrlar

Bugun Osiyo CHempionlar ligasining 11 yil oldingi o'tmishiga suratlar yordamida sayoxat qilamiz. Umid qilamiz, o'quvchilarimiz tarixiy kadrlarni tomosha qilib zerikib qolishmaydi.

OCHL-2009 doirasida Toshkentda o'tkazilgan uchrashuvga to'xtalamiz. Musobaqaning "D" guruhidan joy olgan "Bunyodkor" "Al Ittifoq" (S.Arabistoni), "Sepaxon" (Eron) va "Al SHabab" (BAA) jamoalari bilan pley-off yo'llanmasi uchun kurashgan. O'shanda Rivaldo sardorligidagi "qaldirg'ochlar" 8 ochko bilan guruhda "Al Ittifoq" (12 ochko)dan keyin ikkinchi bo'lgandi.

Bitta o'yindan iborat nimchorak finalda "Bunyodkor" Eronning "Persepolis" klubini mehmonda Rivaldoning penaltidan kiritgan yagona goli evaziga mag'lub etgan. CHorak finalda esa Janubiy Koreyaning "Poxang Stilers" klubi bilan ro'baro kelingan. Har ikkala bahsda mezbon jamoa 3:1 hisobida g'alaba qozongan. Ikkinchi o'yin koreyslar maydonida o'tgan va ekstra taymlarda keyinchalik "qaldirg'ochlar" o'yinchisiga aylangan Stefica Ristichning goli toshkentliklarni yarim finaldan quruq qoldirgan. "Poxang Stilers" o'sha mavsum OCHL g'olibi bo'lgandi.

OCHL-2009 guruh bosqichining 3-turida "Bunyodkor" o'z maydonida "Sepaxon"ni qabul qilgan. O'shanda "Jar" stadionini to'ldirib o'tirgan muxlislar 2:2 hisobidagi jangovar durang guvohi bo'lishgan. Ana shu uchrashuvdan tarixiy suratlarni taqdim etgani uchun taniqli fotograf Hasan Pirmuhammedovga minnatdorchilik bildiramiz.

OCHL, "D" guruhi
3-tur, 08.04.2009
Toshkent, "Jar" stadioni, 9000 tomoshabin
"Bunyodkor" - "Sepaxon" 2:2
Bosh hakam:
Toyo Minoru (Yaponiya)
Gollar: SH.Salomov 27, B.Ashurmatov 74 - H.Agili 45+2, Emad Muhammad 60

"Bunyodkor": Murojon Zuhurov, Anvar G'ofurov, Edson Ramos, Baxtiyor Ashurmatov, Sahob Jo'raev, Aziz Haydarov, Temur Kapadze (Ruslan Melzitdinov, 67), Server Jeparov, Rivaldo, SHavkat Salomov (Jasur Hasanov, 37), Anvar Soliev (Bahodir Pardaev, 71).

"Sepaxon": R.Ahmadi, Armando Sa, Hodi Agili, Ehson Hojisafi, M.Jafarpur, M.Navidkia (R.Hatibi, 77), J.Akbari, A.Labed (F.Bahadorani, 83), H.Azizzoda, A.Jamshidian (J.Elong Elong, 62), Emad Muhammad.

Ogohlantirishlar: Edson Ramos 30, R.Melzitdinov 79 - J.Elong Elong 73, M.Jafarpur 88.

Ulkan bayroq.

"Bunyodkor" muxlislar klubi boshlig'i Abdurahmon Fozilov.


19 yoshli Ehson Hojisafi (28-raqam)ni tanidingizmi? U keyinchalik Eron milliy terma jamoasining asosiy o'yinchilaridan biriga aylangan va O'zbekiston MTJga qarshi ko'p bor maydonga tushgan.


"Qaldirg'ochlar" Rivaldo sardorligida yulduzli tarkib shakllartirishgandi. O'sha kuni asosiy tarkibda tushganlardan Anvar G'ofurov hamon "Bunyodkor"da, orada 2 yilni "Obod"da o'tkazgan bo'lsa ham.


U paytlar Rivaldoning o'yinini jonli ko'rishni xohlagan muxlislar bilan stadion to'lardi.


Server Jeparov o'sha mavsum OCHLda ikkita to'p kiritgan. Har ikkala golini ham chorak final birinchi o'yini doirasida "Poxang"ga qarshi Toshkentda kiritgan.


Temur Kapadze oradan 13 kun o'tib Isfaxonda o'tgan uchrashuvda "Bunik"ka g'alaba keltirgan yagona golni kiritgandi.


Rivaldoni personal muxlisi)


Rivaldo o'sha mavsum OCHLda bitta gol urgan. Penaltidan kiritgan o'sha goli jamoani chorak finalga olib chiqqandi.


Braziliyalik o'ng qanot himoyachisi Edson Ramos "Bunyodkor"dan keyin Ispaniyaning Malorka" klubiga o'tgandi.


SHavkat Salomov hisobni ochganidan so'ng.


Rivaldo mamlakatimiz yashil maydonlarida to'p tepgan yillar ajib davrlar edi.


Yosh Murodjon Zuhurov.


Hikmat Ergashev.


Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика