Tarixda bugun. "Paxtakor" - "Lokomotiv" 1:2
21 apr 2020 13:52
Yangiliklar


Tarixda bugun. "Paxtakor" - "Lokomotiv" 1:2
Bugun shu o'yinni yodga olamiz. Oliy liganing 7-turidan o'rin olgan mazkur bahs ancha qiziq kechgandi. Baxtiyor Namozov boshqarib borgan o'yinda "temiryo'lchilar" "Paxtakor"ni 2:1 hisobida mag'lub etishgan.
Dastlab 25-daqiqada Marat Bikmaev penaltidan hisobni ochgandi. Oradan 10 daqiqa o'tib mezbonlar vakili Adnan Oraxovac hisobni tenglashtiradi. SHu tariqa birinchi taym 1:1 hisobida yakuniga etadi.
Ikkinchi taymda ancha paytgacha to'p kiritilmaydi, faqat 81-daqiqada Marat Bikmaev "Loko" uchun g'alaba golini urib jamoamizga navbatdagi uch ochkoni taqdim etgandi.
Ushbu bahsda "Paxtakor"ning ikki futbolchisi - darvozabon Aleksandr Lobanov bilan himoyachi Kamoliddin Tojiev qizil kartochka olib maydondan chetlatilgan.
Oliy liga, 7-tur. 21.04.2017
"Paxtakor" - "Lokomotiv" 1:2
Gollar: Adnan Oraxovac (35) - Marat Bikmaev (25-penalti, 81).
"Paxtakor": Aleksandr Lobanov, Adnan Oraxovac, Akbar Ismatullaev, Azim Ahmedov, SHerzod Karimov (Hojiakbar Jo'raev, 90), Jasur Hakimov (SHohruh Mahmudhojiev, 85), Kamoliddin Tojiev, Davron Hoshimov, Stanislav Andreev, Vladimir Kozak (Jamshid Iskanderov, 67), Yurica Bulyat.
"Lokomotiv": Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Ikrom Aliboev, Marat Bikmaev (Quvondiq Ro'ziev, 83), Sardor Mirzaev, Salim Mustafoev,(Boburbek Yo'ldoshev, 60), Timur Kapadze, Islom To'xtaxo'jaev, Murod Bobojonov (Diyor Turopov, 70), Oleg Zoteev, Muhammad Kone.
Ogohlantirish: V.Kozak, 18. M.Bikmaev, 28. D.Hoshimov, 42. K.Maxaradze, 61. K.Tojiev, 85. A.Lobanov, 90. M.Kone, 90.
CHetlatish: A.Lobanov (90), K.Tojiev (90).
Bosh hakam: Baxtiyor Namozov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar