So’nggi yangiliklar

01:57АПЛ. Лондон дербисида "Арсенал" "Челси"га "тарсаки туширди"  20 01:30Иброҳимхалил Йўлдошев: “Биз рақиб танламаймиз”  6 01:26Русланбек Жиянов: “Йўлимиздан чиққан жамоани мағлуб этишимиз керак”   0 01:15ОЧЛ. Юлдузларни ўзида жамлаган "Ал Ҳилол" турнирни тарк этди, "Ал Айн" финалда!  10 00:44"Бунёдкор" собиқ футболчиси "Барселона"га янги мураббий тавсия қилди  6 00:27ПСЖ ёзда Ямал учун улкан миқдордаги сумма таклиф қилмоқчи  4 23:50Колумбияда ўйин пайти футболчига пичоқ улоқтирилди  0 23:34Тимур Кападзе: "Рақибимиз Саудия бўладими ёки бошқа бир жамоа, биз ўз мақсадимизга эришишимиз керак"  12 23:01U-23 Осиё кубоги. Кувайт Малайзияни мағлуб этиб, "D" гуруҳида учинчи ўринни эгаллади  0 22:31Осиё кубоги. Вьетнам йирик ҳисобда мағлуб этилди. Кейинги рақиб - Саудия Арабистони  151 22:11Қирғиз Республикасида Марказий Осиёдаги энг йирик стадион қурилиши бошланди  30 21:55"Барселона" президенти "Реал"га қарши ўйинни такрор ўтказишни талаб қилмоқчи  19 21:38Усэйн Болт: "Мен пойгада Мбаппедан тез югураман"  4 21:11Моуринью янги жамоасида дарвозабонсиз ўйнайдиган тактика қўлламоқчи  12 20:24"Ньюкасл" ҳужумчиси "Барселона"га ўтиши мумкин  5

Tarixda bugun: O'zbekiston MTJ Kuper boshchiligida Turkiya bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazgan Yangiliklar

Tarixda bugun: O'zbekiston MTJ Kuper boshchiligida Turkiya bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazgan

Deyarli butun dunyoda futbol uchrashuvlari vaqtincha to'xtab qolgan paytda o'quvchilarimizni zeriktirib qo'ymaslik maqsadida "Tarixda bugun" ruknini etiboringizga havola etib kelayotgandik.

Foto Tarixda bugun: SHomurodov, SHukurov va Hamdamov "Bunyodkor" tarkibida "Paxtakor"ga qarshi

Garchi futbol o'yinlari asta-sekin qaytayotgan bo'lsa-da, muhim uchrashuvlardan suratlarni berishda davom etamiz.

Bugun roppa-rosa 1 yil oldin Turkiyada o'tkazilgan uchrashuvga to'xtalamiz. 2019 yilning bugungi sanasida Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi Turkiya mehmoni bo'lgandi. Alanyada bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida SHenol Gunesh boshchiligidagi turklar 2:0 hisobida g'alaba qozongandi. Uchrashuvda har ikkala golni ham Franciyaning "Lill" klubi o'ng qanot himoyachisi Zeki CHelik kiritgandi. Terma jamoamizning safardagi o'yinini yoritish uchun "Championat.asia" sayti xodimlari Tolibjon Qosimov va Jahongir Fayzullaevlar Turkiyaga borishgandi. Quyida ana o'sha bahsdan ajoyib kadrlarni tomosha qilishingiz mumkin.


O'rtoqlik uchrashuvi
02.06.2019
Alanya. "Alanya" stadioni.
Turkiya - O'zbekiston 2:0
Hakamlar:
Srdjan Yovanovich, Urosh Stoykovich, Milan Mixaylovich (uchalasi Serbiya), Xalil Umut Meler (Turkiya).

Gollar: Z.CHelik 17, 58.
Amalga oshirilmagan penalti: Ifran Jan Kaxvechi 90 (darvozabon).

Turkiya: 1.Sinan Bolat, 2.Zeki CHelik, 3.Emre Tashdemir, 4.CHog'lar Suyunchi, 7.Dorukxan Tokoz (11.Deniz Turuch, 83), 8.Og'uzxon Ozyakup (20.Ozan To'fan, 65), 9.Enes Unal (10.Abdulqodir Omur, 65), 14.Efejan Karacha (6.Omer Ali SHahiner, 46), 16.Merih Demiral, 19.Yunus Malli (17.Kenan Karaman, 46), 21.Ifran Jan Kaxvechi (5.Emre Belozoglu, 90+1)
Zaxira: 12.Mert Gunok, 23.Gokxan Akkan, 13.Jengiz Umut Merash, 15.Guven Yalchin, 18.Nozi Sangare, 22.Kaan Ayhan.

O'zbekiston: 25.Eldorbek Suyunov, 4.Farruh Sayfiev, 5.Anzur Ismoilov, 6.Davron Hoshimov, 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Quvondiq Ro'ziev (22.Doston Ibragimov, 70), 9.Odil Ahmedov, 10.Jaloliddin Masharipov, 14.Eldor SHomurodov (11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 70), 15.Egor Krimec, 18.Fozil Musaev (19.Oston O'runov, 60).
Zaxira: 1.Javohir Ilyosov, 12.Sanjar Quvvatov, 2.Akrom Komilov, 3.Hojiakbar Alijonov, 13.Oleg Zoteev, 17.Igor Sergeev, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 21.Sardor Mirzaev, 23.Xurshid G'iyosov.

Ogohlantirish: Dorukxan Tokoz 35.

O'yin Alanyaning eng yuqori nuqtalaridan birida bo'lib o'tgandi, stadion oldidan shaharchaning ko'rinishi.


SHundoqqina tog' ostida joylashgan stadionda to'p tepish oson emas, namlik juda ham yuqori. Bellashuv oldidan muxlislar.


Foto Buni ko'rish kerak. Turkiya - O'zbekiston o'yini bo'ladigan stadion atrofidagi muhit qanday?


Uchrashuv oldidan tayyorgarlik jarayonlari yoritilgan suratlarni quyidagi link orqali tomosha qilishingiz mumkin.


Foto Turkiya - O'zbekiston. Tog' etagidagi "Alanya" stadionida tayyorgarlik avjida


Kuper va O'zbekiston MTJni mana shunday kutib olishgandi.



Foto Turkiya -O'zbekiston. Kuper boshchiligidagi terma jamoamiz stadionga etib keldi


O'yindan oldin SHenol Gunesh va Ektor Kuper iliq ko'rishishgandi.


Keyin esa Gunesh Kuperga uning ism-familiyasi tushirilgan Turkiya terma jamoasi libosini sovg'a qilgandi.


Foto O'rtoqlik o'yini. SHenol Gunesh Ektor Kuperga Turkiya terma jamoasi libosini sovg'a qildi


O'sha kungi asosiy tarkibimiz.


Jaloliddin Masharipov Efejan Karachadan qochib ketmoqda.


Eldor SHomurodov "Lester" markaziy himoyachisi CHaglar Suyunjidan qochib ketayotgan vaziyat.


Uchrashuvda hisobni 17-daqiqada "Lill" klubi o'ng qanot himoyachisi Zeki CHelik ochgandi.


Yunus Malli tortishuvli vaziyatdan keyin Krimecga bir nimalar demoqda.


Bugungi kunda "Yuventus" azosi hisoblangan markaziy himoyachi Merih Demirel SHomurodovga to'p egallab olishi uchun imkon bermayotgan palla.


SHenol Gunesh.


Ektor Kuper.


Farruh Sayfiev.


Odil Ahmedov ikki raqib taqibida.


To'p uchun kurashda Fozil Musaev va Og'uzxon Ozyakup.


Anzur Ismoilov.


Masharipov Ifran Kaxvechini dog'da qoldira olgan, ammo Merih Demirel undan to'pni olib qo'ygan vaziyat.


Ikkinchi bo'lim oldidan.


58-daqiqada Zeki CHelik ikkinchi golni ham kiritgan.


O'tkazib yuborilgan ikkinchi goldan keyin Kuper 60-daqiqada Oston O'runovni maydonga tushirgandi. Oston bir marta 3 raqibni ortda qoldirib chiroyli reyd uyushtirgandi, ammo bu samara bermagan.


Foto Turkiya - O'zbekiston uchrashuvidan muxlislar GALEREYAsi


Odil Hamrobekov.


Krimec: - O'zbekiston!


Doston Ibragimov qariya Emre Belozogludan o'tib, keyin Suyunjidan qochmoqchi bo'lgan payt.


Bosh hakam 90-daqiqada Oston O'runov (orqa planda) Abdulqodir Omurni yiqitgani uchun penalti belgilagan, sardorimiz Ahmedov esa unga keskin etiroz bildirgan.


Eldor Suyunov esa Ifran Qahvechining 11 metrlikdan tepgan to'pini qaytarib terma jamoamizni yirik hisobdagi mag'lubiyatdan qutqarib qolgandi.


Final xushtagi chalingandan keyin Gunesh Kuperning yoniga kelib o'yin uchun minnatdorchilik bildirib ketgandi.



Eski qadrdonlar. Kuper va Emre Belozoglu argentinalik mutaxassis Italiyaning "Inter" klubini boshqargan 2001-2003 yillarda "neradzurrilar" tarkibida birga ishlashgan.


Turkiya terma jamoasining ikki ajoyib markaziy himoyachilari: Merih Demirel ("Yuventus") va CHaglar Suyunji ("Lester").



Turkiya va O'zbekiston terma jamoalari ishtirokidagi o'rtoqlik o'yinidan to'liq galereyani quyidagi link orqali tomosha qilishingiz mumkin:

Foto O'zbekiston MTJning Turkiyadan uchragan mag'lubiyatidan GALEREYA

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика