Tarbiyalash uchun to'lov (maqola)
18 apr 2014 15:13
Yangiliklar
Tarbiyalash uchun to'lov (maqola)
Jahon futbolida transferlar uchun belgilangan turli talablar mavjud. Bularning barchasidan boxabar kishilar unchalik ko'p emas.
Bizning misolda oladigan bo'lsak, bazi klublarda ham transferlarni amalga oshirish jarayonida bazi qoidalar borligini umuman bilmaydigan rahbarlar etarlicha topiladi. O'quvchilarimizga shunday vaziyatlar to'g'risida ko'proq malumot berish maqsadida klublar biror futbolchini tarbiyalagani uchun har bir transfer jarayonida ularning hisob raqamiga kelib tushishi kerak bo'lgan mablag' qanday aniqlanishini ko'rib chiqamiz.
Bazida o'rtamiyona klublardan iqtidorli yoshlarni kuchliroq klublar o'zlariga og'dirib olganini ko'ramiz. SHunda muxlislar o'sha futbolchining tekinga o'sha jamoaga ko'chib o'tganini takidlashadi. SHuningdek, klub rahbarlari ham futbolchini qo'yib yuborib, bir tiyinsiz qolishganini aytib, barchaning etiborini o'zlariga qaratishadi. Aslida ular o'z huquqlarini bilgan taqdirda klubda qanchadir muddat davomida tarbiyalangan futbolchining har bir transferidan malum miqdorda pul ishlab olish imkoniyatiga egalar.
FIFA puli ko'p bo'lmagan klublarni himoyalash maqsadida transferlar uchun qoidalarni ancha mukammal ishlab chiqqan. Bunda ikki muhim jihat klublarga yordam beradi – tayyorgarlik uchun to'lov va “hamfikrlilik” tizimi.
“Hamfikrlilik” to'lovi shundayki, bunda futbolchini tarbiyalashda ishtirok etgan barcha jamoalarga o'yinchining transfer summasidan tushgan mablag'ning umumiy 5 foizi taqsimlab chiqiladi. Futbolchining 12 yoshdan 23 yoshgacha bo'lgan davri mos ravishda tegishlicha foizlarga bo'lib chiqilgan. Yani, har bir yil uchun alohida foiz summasi keltirilgan. SHu asosda tarbiyalashda ishtirok etgan har bir klub futbolchining o'tkazgan vaqtiga qarab tegishli pulga ega bo'ladi. Mablag' quyidagi asosda taqsimlanadi:
- 12 yoshdagi yili uchun: 5% (umumiy pulning 0.25%)
- 13 yoshdagi yili uchun: 5% (umumiy pulning 0.25%)
- 14 yoshdagi yili uchun: 5% (umumiy pulning 0.25%)
- 15 yoshdagi yili uchun: 5% (umumiy pulning 0.25%)
- 16 yoshdagi yili uchun: 10% (umumiy pulning 0.5%)
- 17 yoshdagi yili uchun: 10% (umumiy pulning 0.5%)
- 18 yoshdagi yili uchun: 10% (umumiy pulning 0.5%)
- 19 yoshdagi yili uchun: 10% (umumiy pulning 0.5%)
- 20 yoshdagi yili uchun: 10% (umumiy pulning 0.5%)
- 21 yoshdagi yili uchun: 10% (umumiy pulning 0.5%)
- 22 yoshdagi yili uchun: 10% (umumiy pulning 0.5%)
- 23 yoshdagi yili uchun: 10% (umumiy pulning 0,5%)
Bu tushunarli bo'lishi uchun batafsil to'xtalamiz. Transferdan tushgan mablag'ning 5 foizi futbolchini tarbiyalagan klublarga o'tkazib berilishi haqida yozdik. O'yinchi tarbiyalangan har bir yil uchun klub malum miqdorda pul oladi. Bu umumiy transfer qiymatining 0,25 foizidan 0,5 foizigacha bo'lgan raqamlardan iborat. Agar o'yinchi bir klubda tarbiyalangan bo'lsa, keyinchalik o'sha jamoa futbolchining har bir o'tishidan transfer bahosining 5 foizi miqdorda summaga ega chiqadi. Aynan shu qoida tufayli Aleksandr Glebni tarbiyalagan jamoa inqirozga tushishdan qutulib qolgandi. Gleb ikki bor yuqori bahoda transfer qilingan va har ikki safar uning ilk klubi katta miqdordagi pulga ega bo'ladi. Yoki biror o'zbek klubi tarbiyalagan futbolchi xorij jamoasiga 1 mln dollar evaziga transfer qilinsa, buning uchun 50 ming dollar miqdorida pulni qo'lga kiritadi.
Futbolchini tarbiyalash jarayonida klub pul sarflaydi, uni ruhiy tarafdan qo'llaydi. Bu harakatlar shunchaki havoga ketmasligi uchun FIFA ushbu qarorni amalga kiritgan. Aks holda, moliyaviy jihatdan baquvvat klublar iqtidorli futbolchilarni osongina og'dirib olishlari tufayli kuchsiz jamoalar hech narsasiz qolib ketishlari hech gap emas. Hatto, 23 yoshgacha bo'lgan futbolchi boshqa jamoaga ko'chib o'tishga qaror qilib, buni erkin agent sifatida amalga oshirgan taqdirda ham uni o'z safiga qo'shib olayotgan jamoa uni tarbiyalayotgan klubga malum miqdorda pul o'tkazib berishi shart. CHunki boy klublar ayyorlik bilan futbolchini erkin agent bo'lishga ko'ndirishlari ehtimoli bor. Bunda ham FIFA kichik klublarni himoyalashga harakat qiladi. Futbolchi erkin agent bo'lib ketayotgan paytda to'lanadigan pul miqdori ajoyib asosga ko'ra belgilanadi. Klublar moliyaviy holatidan kelib chiqib 4 toifaga ajratiladi. Bunda futbolchini o'z safiga qo'shib olayotgan klub qaysi toifada bo'lsa, narigi jamoaga o'sha toifaga belgilangan pul miqdorini to'laydi. Yani, boyroq klub bir yilda o'z akademiyasidagi o'yinchilarga qancha pul sarflasa, futbolchi tarbiyalangan klubga unga mos ravishda pul beradi. Evropada top klublar 19 yoshgacha bo'lgan o'yinchi jamoasiga 400 ming evroga teng summada to'lab berishadi. Futbolchisi erkin agent sifatida ketib qolayotgan jamoa yoki akademiya uchun bu yaxshigina mablag'.
Ikkinchi muhim jihat “hamfikrlilik” tizimidir. Buni yuqorida takidlab o'tdik. Ushbu tizimda futbolchidan faqat transfer pul bilan amalga oshirilganda foyda olish mumkin. Masalan, Ronalduning “MYU”dan “Real”ga o'tishi “Sporting”ga deyarli 5 million evro keltirgan. Yoki Garet Beylning transferini oling. “Ayaks”da tarbiya topgan yulduzlar keyinchalik turli jamoalarga ko'chib o'tishadi va amsterdamliklar har yili o'zlari futbolchi sotishdan tashqari avval tarbiyalagan o'yinchilarining transferlaridan kelib tushadigan pullarga ham egalik qilishadi. 2011-2013 yillarda Evropada amalga oshirilgan transferlardan keyin to'langan “hamfikrlilik” to'lovi miqdori 58 million dollardan iborat bo'lgan. Bu qoida va pullar tufayli bir qator jamoalar hamda akademiyalar bankrot bo'lishdan qutulib qolishdi. Yana bir malumot: bu erda pullar o'tkazilishini FIFA nazorat qilmaydi, barchasi mahalliy associaciyalarning nazoratiga bog'liq. FIFA faqat o'ziga ariza kelib tushganda tekshiruv ishlarini boshlashi mumkin. SHu sababli bu qoidani bilmaydigan klublar o'zlariga tegishli mablag'dan quruq qolib ketishlari hech gap emas. Va muhim eslatma: transferlar va shartnomalar birinchi navbatda FIFA qoidalariga mos ravishda bo'lishi shart. O'yinchilarning transferi borasida ham bosh futbol tashkilotining turli qoidalari mavjud. Ularga amal qilmaslik reglamentni buzish sifatida topilib, o'sha jamoalar jazolanadi. Yaqindagina “Barselona” 18 yoshga to'lmagan futbolchilar bilan shartnoma tuzish bandlarini buzgani bois jarimaga tortilganini ishqibozlar yaxshi bilishadi.
Biz ushbu maqola yordamida nafaqat ishqibozlar, balki klublarda faoliyat olib borayotgan tegishli insonlarni ham hushyorlikka chaqirib qolardik. Gazetamizning keyingi sonlarida shartnoma tuzish va uni bekor qilishda o'yinchilarning huquqlari haqida hikoya qilamiz.
Behzod NAZAROV.

Fikrlar