So’nggi yangiliklar

07:25АПЛ. Марказий учрашувда дуранг қайд этилди  0 01:59Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз  32 01:42Канселу эртага "Барса" учун тиббий кўрикдан ўтади. Клуб барчасини "Ал Ҳилол" ва Мендеш билан келишиб олди  1 01:25ПСЖ "Марсел"ни пенальтилар сериясида мағлуб этиб, Франция Суперкубогини қўлга киритди. Рамуш 95-дақиқада гол урди, Шевалье серияда иккита зарбани қайтарди  3 01:10Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Ҳилол" ва "Иттифоқ"да ғалаба, Роналду ва "Ал Насср" яна мағлуб бўлди  7 00:43Ироқ юлдузлар лигаси. "Эрбил" Темировнинг дубли эвазига меҳмонда ғалабага эришди, ҳамюртимиз тўпурарлар пойгасида яққол етакчилик қилмоқда  5 23:59"Арсенал" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  14 23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  2 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  10 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  3

Taqdir hazili: "Barselona" uchun og'ir sinov Yangiliklar

Taqdir hazili: "Barselona" uchun og'ir sinov

Evrofutbolda mavsum yakunlanish arafasida.

Ispaniya La Ligasi yana 4 turdan keyin nihoyasini topadi. Odatda yilning ushbu qismida Primera chempioni ham, sovrindorlar nomi ham deyarli aniq bo'lardi. Biroq, bu mavsum oldingilaridan ancha farq qilyapti: "Atletiko" 7 yillik tanaffusdan keyin yana chempion bo'lishi, "Real" yoki "Barselona" medallarsiz qolishi, "Sevilya" 12 yildan keyin yana medal yutishi mumkin.

Barcelona

LaLiga . 35-tur

08/05/2021, 20:15

0
:
0
Tugadi

Atletico Madrid

Stadion: Camp Nou, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Antonio Mateu

45'
90'
31'  Sergio Busquets (Ilaix Moriba)
46'  Oscar Mingueza (Ronald Araujo)
58'  Ilaix Moriba
75'  Sergino Dest (Sergi Roberto)
75'  Pedri (Ousmane Dembele)
81'  Jordi Alba
82'  Gerard Pique
12'  Thomas Lemar (Saul Niguez)
34'  Saul Niguez
46'  Felipe
65'  Koke
66'  Saul Niguez (Joao Felix)
72'  Angel Correa (Geoffrey Kondogbia)

Bugun Kataloniyada chempionlik poygasidagi eng muhim bahslardan biri bo'lib o'tadi: "Barselona" — "Atletiko". "Ko'k-anorranglilar" ustozi Ronald Kuman uchun bu o'yin "matraschilar"ga qarshi 5-si bo'ladi. Niderlandiyalik mutaxassis "Valensiya" va "Barsa" bosh murabbiyi sifatida "Atletiko" bilan o'tgan o'yinlarning faqat 1 tasida g'alaba qozongan (2008 yil), 3 bor mag'lub bo'lgan.

Katalon jamoasi "Atletiko"ni so'nggi bor 2019 yilning dekabrida mag'lub  qilgan edi. Klublar o'rtasida o'tgan 1-davradagi bahs taqdirini belgiyalik Karraskoning birgina goli hal qilgan.


O'yin haqida

Mazkur bahs "Barselona" uchun ahamiyati jihatidan mavsumdagi eng muhimi bo'lishi mumkin. Mag'lubiyat katalonlarni yuqori ehtimol bilan nafaqat chempionlik, kumush meddallardan ham mosuvo qiladi. Durang yoki g'alaba esa "Barsa"ning azaliy raqibi "Real"ning ehtimoliy chempionligini kafolatlashi mumkin. Xullas, taqdir "ko'k-anorranglilar" bilan yaxshigina hazillashyapti — ular chempionlik uchun kurashib, kubokni "quda"lariga olib berishlari mumkin. SHu yuzdan bugun o'yin ichi va atrofida ro'y beradigan voqealarni o'tkazib yubormaslikni maslahat beramiz.

Jamoalarning kengaytirilgan tarkiblari

Diego Simeone mazkur uchrashuv uchun quyidagi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazgan:

Darvozabonlar: Ivo Grbich, Yan Oblak.


Himoyachilar: Xose Mariya Ximenes, Renan Lodi, Stefan Savich, Felipe, Mario Ermoso, Kiran Tripper, SHime Vrsalko.

Yarim himoyachilar: Joffre Kondogbia, Lukas Torreyra, Koke, Saul Niges, Toma Lemar, Markos Lorente, Ektor Errera, Vitolo, Yannik-Ferreyra Karrasko.

Hujumchilar: Joau Feliks, Luis Suares, Anxel Korrea, Mussa Dembele.

"Barselona"da esa quyidagi futbolchilar maydonga tushishi mumkin:

Darvozabonlar: Mark-Andre Ter SHtegen, Neto, Arnau Tenyas;

Himoyachilar: Serjino Dest, Jerar Pike, Ronald Arauxo, Kleman Langle, Jordi Alba, Serxi Roberto, Samuel Umtiti, Xunior Firpo, Oskar Mingesa;

Yarim himoyachilar: Serxio Buskets, Miralem Pyanich, Riki Puch, Pedri, Frenki De Yong, Aleysh Moriba;

Hujumchilar: Antuan Grizmann, Lionel Messi, Usmon Dembele, Fransishku Trinkau, Martin Breytueyt.

Muallifning taxmini

Jamoalarning uchrashuv ahamiyatini hisobga olib, yopiq o'yin ko'rsatish ehtimoli yuqori. SHu tufayli ko'p gol urilmaydi. Tomonlar bittadan to'p kiritib, durangga imzo chekishsa kerak.

Qadrli muxlis, bugungi o'yindan siz qanday natija kutyapsiz. "Atletiko"ni 3 o'yindan beri engolmayotgan "Barsa" bugun bu vazifani eplay oladimi?

Faxriddin Ro'ziev

Muallif :
Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика